Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


II.3. Umumta’lim maktablarida Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati mavzusini o‘rganish usullari



Yüklə 458 Kb.
səhifə9/17
tarix31.12.2021
ölçüsü458 Kb.
#81421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Ахмедов Салим (1)

II.3. Umumta’lim maktablarida Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati mavzusini o‘rganish usullari
Keyingi yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar, hukumatimiz tomonidan 2019 yil sentyabrda qabul qilingan Maktab ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi, umumta’lim maktablarini jaxon standartlari talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi sa’yi harakatlar maktab ta’limida muhim isloxatlarni boshlab berdi. Umumta’lim maktablaridagi islohatlarning asosini jahon ta’limi mazmunii o‘rganish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonida ham kam jismoniy kuch sarflab, yuksak samaradorlikka erishish yo‘lida faoliyat olib borilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida noan’naviy ta’lim uslubi sanaluvchi yangi pedagogik texnologiya nazariyasi mohiyatini chuqur o‘rganish, bu boradagi bilimlar bilan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qurollantirish ularda ta’limni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Bu borada mamlakatimizda ko‘pgina tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, ilgari surilayotgan g‘oyalarning hayotiyligini amaliyotda sinovdan o‘tkazish, tajriba ishlari natijalarini umumlashtirish, taxlil etish asosida amaliyotchi o‘qituvchilar uchun ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish uchun xizmat qiluvchi uslubiy qo‘llanmani yaratishdan iborat104.

O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning dunyoqarashini zamon talablari darajasida oshirish o‘qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. Biz tadqiq qilgan Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyati mavzusiga 7 sinf O‘zbekiston tarixi darsida O‘zbekiston hududidagi mahalliy feodal davlatlar mavzular doirasi to‘xtalish lozim. Ushbu mavzuga YAngi pedagogik texnologiya asosida o‘qitish bolalarda tarixiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, muhim atamalarni yodda saqlab qolish, mavzuga o‘sha davr nuqtai nazaridan turib xolisona va adolatli baho berishga xizmat qiladi.

Maktab ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi , yangi qabul qilinayotgan Ta’lim to‘g‘risidagi qonun ta’lim jarayoniga tadbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan ta’lim standartlari to‘liq, bajarilishi ta’min etish davri boshlandi.

Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida maktablarni yangi jihozlar, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba-sinovdan o‘tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish izchil amalga oshirilmokda105. Ta’limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, ko‘tilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-biluv markazida esa o‘quvchi turmog‘ini taqozo etadi106.




Yüklə 458 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə