Jizzax davlat pedagogika unversiteti


Ma’naviyatning konkret-ijtimoiy vazifalari



Yüklə 61,39 Kb.
səhifə4/7
tarix26.05.2023
ölçüsü61,39 Kb.
#113264
1   2   3   4   5   6   7
1. Xidirov Shukur

1.2. Ma’naviyatning konkret-ijtimoiy vazifalari

uning universal vazifalaridan kelib chiqadi. Ular ancha rang-barang, jamiyat taraqqiyotining erishilgan darajasi va talablari bilan bog‘liq. SHu sababdan ularga konkret-tarixiylik xos. Har bir tarixiy davr o‘ziningqaror topgan ma’naviyatiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy imkoniyatlariga va talablarga mos shaxsni tarbiyalaydi. Unga mavjud mehnat ko‘nikmalarini, ishlab chiqarishi texnologiyalarini, axloqiy, huquqiy, e’tiqodiy, siyosiy talablarni o‘rgatadi. Ushbu talablardan kelib chiqib, u o‘zining narsa va hodisalarga munosabatni belgilaydi. Inson doimo tanlash zaruratiga duch keladi. YOmonlik va yaxshilik, ezgulik va yovuzlik, go‘zallik va xunuklik, bunyodkorlik va buzg‘unchilik o‘rtasida ya’ni o‘z maqsadiga qiyinchilik bilan, ammo halol erishish yoki buzg‘unchilik, oson noadolatli yo‘l orqali erishishdan inson birini tanlash muammosi bilan to‘qnashadi. U nimani, qaysi yo‘lni, g‘oyani va qanday tanlashi uning ma’naviyatiga, baholash mezonlari va qadriyatlar tizimiga bog‘liq.


Xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’naviyat nisbatan umumiy bo‘lgan ijtimoiy baholar, me’yorlar, mo‘ljallar, ideallar majmui sifatida, urf-odat va qabul qilingan rasm-rusumlar hamda kishilar o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlar, ya’ni ma’naviy madaniyat va ma’naviy muhit sifatida boshqa ijtimoiy munosabatlarga, alohida shaxslar va guruxlar xulq-atvoriga, faoliyatiga cheklash yoki rag‘batlash, undash orqali ta’sir qo‘rsatadi, inson omilini rivojlantiradi. Ma’naviyat inson shaxsini nafaqat shakllantiradi va kamol toptiradi, shuningdek uni zavoldan, ichki va tashqi mafkuraviy, ruhiy tahdidlardan, nafsdan, hirsdan, manmanlikdan, yot, buzg‘unchi ta’sirlardan himoya qiladi. Ma’naviyat ushbu ma’noda insonning ruhiy va intellektual immuniteti, qalqonidir.
Ma’naviyat shaxsiy va milliy identlikni ta’minlashi barobarida avlodlarni o‘zaro bog‘laydi, ular o‘rtasidagi vorisiylikni, davomiylikni yuzaga chiqaradi. Bu uning konkret-ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Jamiyat miqyosida esa ma’naviyat eng avvalo millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi, uning rivojlanishi yo‘nalishini, kelajagini belgilaydi. Islom Karimov to‘g‘ri ogohlantirganidek: “insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajavozkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixidagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. CHunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda, shak-shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.”8.U ijtimoiy-madaniy filtr vazifasini bajaradi va milliy an’analarga yot, milliylikka putur etkazuvchi, millatning axloqiy, estetik, falsafiy qarashlariga, imon-e’tiqodiga, adolat va haqiqat to‘g‘risidagi tasavvurlariga mos kelmaydigan narsalarni qabul qilmaslikka, aksincha, ularni siqib chiqarishga harakat qiladi. Ma’naviyat inqirozi muqarrar ravishda inson va jamiyat inqiroziga olib keladi. Ushbu munosabat bilan Islom Karimovning ma’naviy tahdid haqidagi quyidagi fikri adolatli va haqqoniydir: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’noda erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.
Agarki masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj - bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotiga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo‘lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga zarba beradigan mudhish xafv-xatarlarni anglatadi.” 9 Bu fikrdan ma’naviyatga tahdid insonga va millatga tahdid ekanligi, ma’naviyat insonni, millatni muhofaza etishi yaqqol ayon bo‘ladi. Ma’naviyatshuningdek milliy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan o‘zga xalqlarning yutuqlarini, tajribasini o‘zlashtirishga undaydi.. Milliy turmush tarzini muhofaza qilishga va rivojlantirishga kuchi etmasa, inqirozga uchraydi.
Demak, ma’naviyat millat ichki dunyosining, qarashlarining va qadriyatlarining voqeligi bo‘libgina qolmasdan, ularning yashovchanlik darajasi, o‘z-o‘zini muhofaza qila olish va rivojlanish kuchining namoyon bo‘lishi hamdir.
SHu boisdan ma’naviyat madaniy merosga, tarixiy an’analarga, diniy va dunyoviy urf-odatlarga nihoyatda g‘amxo‘rlik bilan yondashadi, ularning unutilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Moddiy foydalilik yuksak ma’naviyat uchun birinchi darajali emas. Ushbu ma’noda ma’naviyat hayotga, turmushga, ijtimoiy munosabatlarga va muammolarga, o‘tmish va kelajakka oid hodisalarga keng miqyosda ijtimoiy-madaniy mo‘ljallar, ideallar nuqtai nazaridan baho beradi hamda bu baholarning mezonlari va me’yorlarini belgilaydi.
Ma’naviyat, shunday qilib, me’yoriy (normativ) xossaga egaki, unga mos ravishda jamiyatda narsa va hodisalarga, ijtimoiy aloqalarga nisbatan muayyan munosabat shakllanadi. Bu me’yorlarga mos keladigan hodisalarga, xatti-harakatlarga biz ijobiy munosabatda bo‘lamiz, ularni ma’qullaymiz, imkon topilsa, amalda qo‘llab-quvvatlaymiz. Va, aksincha, ma’naviyatimizga mos kelmaydigan hodisalarni, xatti-harakatlarni qoralaymiz va h.k.
Ma’naviyatning me’yoriy xarakteri bizning u yoki bu hayotiy pozitsiyani egallashimizni anglatadi. Ma’naviyat qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning me’yoriylik xossalari shunchalik erkin, boy bo‘ladi, tolerantlik va rang-baranglik kasb etadi. Boy ma’naviyat turlicha fikrlarni, qarashlarni, yondashuvlarni taqozo etadi, ammo ulardagi farqlardan qat’i nazar, albatta, ijtimoiy faollikni bildiradi. Ma’naviyat qancha qashshoq bo‘lsa, u shunchalik mutaassiblikka (fanatizmga) moyil, o‘zgacha qarashlarga va yondashuvlarga murosasiz, kazarmacha birxillikni qaror toptirishga harakat qiladi.
Millatning ma’naviyati hech bir shaxs, hech bir ijtimoiy guruh tomonidan to‘laligicha o‘zlashtirilmaydi. Kishilarning va guruhlarning amaliy faoliyatida ma’naviyatning faqat o‘zlashtirilgan qismigina ro‘yobga chiqadi. O‘zlashtirilmagan ma’naviyat, tabiiyki, o‘zining me’yoriy va boshqa xislatlarini yuzaga chiqara olmaydi. SHu boisdan jamiyatda ayrim shaxslar va guruhlar aksilijtimoiy xatti-harakatlarga qo‘l uradilar. Biz haqqoniy ravishda ba’zi kishilarning ma’naviy qashshoqligi hamda ularga o‘zlarini tiyish uchun iroda etishmasligi to‘g‘risida bezovtalanib gapiramiz.
Ma’naviyatning me’yoriy xarakteri xatti-harakatlarni cheklash, ularni mavjud axloq va qonun doirasida saqlab qolish bilan belgilanmaydi. YUksak ma’naviyatning me’yoriy xarakteri birinchi navbatda cheklashda emas, balki muayyan faoliyatga undashda, ya’ni ijodkorlikka, yaratuvchilikka undashda, rag‘barlantirishda namoyon bo‘ladi. Ma’naviyati boy xalqning ruhiyati, ijtimoiymo‘ljallari, ideali o‘zini tiyishga, kamsuqum bo‘lib turg‘unlikka intilishga emas, balki ijodkorlikka, turmushni yangilashga, yanada ilg‘or yutuqlarni qo‘lga kiritishga,yuksalishga qaratilgandir.Boshqacha qilib aytganda, har tomonlama yuksalishga, kamolotga, ijtimoiy taraqqiyotga rag‘bat asl ma’naviyatning me’yoridir, ijtimoiy mo‘ljalidir.
YUqoridagilarni umumlashtirib, aytish mumkinki, ma’naviyat o‘zining muhofaza qilish, tanlash, cheklash, baholash, undash kabi me’yoriy xossalaridan kelib chiqib, har qanday alohida olingan qadriyatlarning, shu jumladan chetdan qabul qilingan yutuqlarning ham muayyan tarzda faoliyat ko‘rsatishini taqozo etadi va jamiyat a’zolarining ijtimoiy xulq-atvorini belgilaydi.
Ma’naviyatning konkret - ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) millatni muhofaza qilish; o‘zligini anglashni, identligini ta’minlash;
b) avlodlar o‘rtasida vorisiylikni va davomiylikni ta’minlash;
v) o‘tmishga, bugunga va kelajakka oid hodisalarga baho berish, bu baholarning mezonlari va me’yorlarini belgilash (aksiologik vazifa);
g) jamiyatni va alohida shaxslarni muayyan hayotiy pozitsiyani egallashga undash; insonni jamiyat talablariga moslashtirishi (adapsion vazifa);
d) millatni taraqqiyotga, alohida shaxsni takomillashishga rag‘batlantirish;
e) insonning o‘z shaxsiyati bilan ayniyatda yashashini, uning asl insoniy tabiati rivojlanishini, takomillashishini ta’minlash;
j) kishilar, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish (axloqiy va huquqiy me’yorlar orqali); ya’ni regulyativ vazifa.
z) insonning tabiat va jamiyat bilan uyg‘unligini ta’minlash.
Ma’naviyat mohiyatini va ijtimoiy vazifalariniqanday tushunish muhim ahamiyatga ega. Zero, amaliy faoliyatimizni, ayniqsa, fan, adabiyot va san’atni, xalq ta’limi va madaniyatning boshqa sohalarini rivojlantirish, hozirgi zamon mafkuraviy tahdidlarga qarshi tura olish ko‘p jihatdan ma’naviyat haqidagi ilmiy tasavvurlarga bog‘liq
Ma’naviyatga nisbatan irratsional qarashlar ustunlik qilsa, unda yana asta-sekin ilm –fanda, adabiyot va san’atda, texnologiyalar va ishlab chiqarishidaturg‘unlik va inqiroz boshlanadi.
Ma’naviyatga vulgar antropotsentrizm va abstrakt (mavhum) inson huquqlari nuqtai nazardan yondashuv ham uni inqirozga mahkum etadi. Aynan shunday formal yondashuv tufayli inson huquqlari, gender tengligi, axborot erkinligi va shu kabilar ayrim g‘arb mamlakatlarida birjinsli nikohlar qonuniylashishiga, gey-paradlar va noan’anaviy shahvoniy mo‘ljaldagi kimsalar va harakatlarning jamiyatga ochiqcha tazyiqi kuchayishiga, mumtoz qadriyatlarning “qadrsizlanishi”ga sabab bo‘layotir. Har bir hodisa va jarayonda me’yor buzilsa, u o‘zini dialektik inkoriga, teskarisiga aylanadi. Formal tushuniladigan inson huquqlari bilan shunday hol yuz bermoqda. Birjinsli nikohlarning qonuniy tan olinishi bunday oilalarga bola saqlab olish huquqini berdi. Lekin demokratik, huquqiy g‘arb jamiyati yuvenal huquq (bolalarning huquqi) buzilayotganini payqamay qoldi. Axir turli sabablarga ko‘ra etim qolgan bola normal ham otasi, ham onasi bor oilada o‘sish imkoniyatidan, huquqidan mahrum bo‘lmoqda-ku! Ma’naviyat insonni, shu jumladan yosh bolalarni ham muhofaza qilishi kerak.
Jamiyatda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan sharoitda esa ma’naviyatni vulgar materialistik, vulgar antropotsentristik, abstrakt hususiy nuqtai nazardan yoki diniy-mistik tushunish faqat zarar keltiradi.Biz ma’naviyatga ilmiy xolislik bilan yondashib, uning mohiyatini, mazmunini, tuzilish strukturasini, namoyon bo‘lish shakllarini, rivojlanish qonuniyatlarini,ijtimoiy vazifalarini, ularning turli tarixiy davrlar va vaziyatlarda o‘zgarib turishini aniq tasavvur etishimiz lozim.
Ma’naviyat tushunchasi va vazifalari birgina falsafa fani darajasida gnoseologik, ontologik, umumsotsiologik, aksiologik nuqtai nazarlardan tarixiy va mantiqiy, strukturaviy va funksional usullar yordamida tahlil qilinishi lozim. Ma’naviyat tushunchasini va vazifalarini boshqa fanlar, xususan madaniyat nazariyasi, estetika, san’atshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya kabilar maxsus o‘rganib, uning mazmunini to‘la aniqlashga yordamlashgandagina ma’naviyatni kategoriya darajasida chuqurroq anglab olamiz.
Ma’naviyatni ilmiy tushuncha sifatida tahlil qilish bir fanning ishi emas, balki barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarning ishidir.


Yüklə 61,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə