Jizzax davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 61,39 Kb.
səhifə2/7
tarix26.05.2023
ölçüsü61,39 Kb.
#113264
1   2   3   4   5   6   7
1. Xidirov Shukur

Mavzuning vazifasi. Ma’naviyat tufayli inson o‘zligini anglaydi. Buuning o‘z manfaatlarini to‘g‘ri, xolis anglashni, oldiga aniq va real maqsadlar qo‘yishni, o‘zini xalqining, jamoasining bir bo‘lagi deb his qilishni, o‘z kuchiga, imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olishni bildiradi. Bu, shuningdek,insonning o‘z shaxsiy kamchiliklarini, fe’l-atvoridagi nuqsonlarini, bilimi, malakasi va amaliy ishlaridagi kamchiliklarni bilishni ham anglatadi.. O‘zlikni anglashning man-manlikka, maqtanchoqlikka, xudbinlikka, kibru-havoga aloqasi yo‘q. O‘zlikni anglash kamtarlikni, doimiy ravishda takomillikka intilishni, o‘z kamchiliklariga qarshi kurashni bildiradi. Faqat o‘zligini anglagan kishigina millatini hamda o‘z shaxsiy ayniyatini anglaydi. Milliy va shaxsiy ayniyat (identlik) ma’naviyat yordamida va zamirida shakllanadi va ta’minlanadi.
Ma’naviyat tufayli inson o‘z biologik tabiatiga ijtimoiylik bag‘ishlab, bioijtimoiy mavjudotga aylanadi. Ijtimoiylashish – bu ongli ravishda o‘zaro birlashish, birgalikda uyushib yashash va mehnat qilish, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratish, ma’lum me’yorlarga, qoidalarga, cheklovlar, taqiqlarga, yoki majburiyatlarga rioya qilish, boshqalar bilan ular asosida munosabatlarini tartibga solish demakdir. Guruh bo‘lib yashaydigan hayvonlar o‘rtasida munosabatlar faqat yashash uchun kurash, ya’ni oziq –ovqat topish, xavf-xatardan, dushmanlardan guruhni himoya qilish,ko‘payish va sog‘lom nasl-qoldirish instinktlari asosida ongsiz quriladi.
Mavzuning maqsadi. Odamsimon mavjudotlar (yuqori primatlar) podasi ichida ilk, eng oddiy taqiqlovchi va undovchi me’yorlarning paydo bo‘lishi, ijtimoiylashuv jarayonning boshlanishi, podaning urug‘ –jamoaga aylanishidagi birinchi odim edi. Jinsiy aloqalar tartibga solindi. Ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘tasida, keyinchalik yaqin qarindoshlar o‘rtasida jinsiy aloqalar taqiqlandi. Boshqa har xil taqiqlar o‘rnatildi.
Urug‘-jamoada uning har bir a’zosi va jamoa o‘rtasida o‘zaro majburiyatlar yuzaga keldi: ovchi ov payti yarador bo‘lsa, urug‘-jamoa uni va oilasini tuzalib, oyoqqa turib ketgunga qadar boqqan, halok bo‘lgan ovchining bola-chaqasi va oilasiga g‘amxo‘rlik qilgan. Bu jarayonda yana qator me’yorlar vujudga kelgan: halok bo‘lgan ovchining xotini kimga tegishi, bunga haqi bor erkaklarning birinchi, ikkinchi va h.k tartibi qandayligini belgilovchi qoidalar, me’yorlar shular jumlasidandir. Taqiq va majburiyat – bu yashash va faoliyat yuritish me’yorlaridir. SHunday qilib, ma’naviyat unsurlari shakllanishi ijtimoiy me’yorlarning vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.3

Yüklə 61,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə