Jizzax politexnika instituti



Yüklə 430,05 Kb.
səhifə6/13
tarix12.04.2023
ölçüsü430,05 Kb.
#105322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K. inson taraqqiyoti konsepsiyasi innovatsion rivojlanishdagi o\'rni

Inson taraqqiyoti kontsepsiyasida an'anaviy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, shu jumladan, YAIM hajmi va jon boshiga o'rtacha daromad ijtimoiy resurslarni taqsimlashda yoki mamlakatlarni rivojlantirish darajasi bo'yicha tasniflashda universal mezon vazifasini o'ta olmaydi. Tobora ko'proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa umummilliy vazifalarni eng oqilona hal etish vositasi ekanligi to'g'risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir yoqlama yondoshuvdir. Bunday qarashlar noiqtisodiy hisoblangan ko'pgina boshqa rivojlantirish mezonlariga etarli darajada baho bermaslikka sabab bo'ladi. Iqtisodiy o'sish sur'atlari rasmiy jihatdan yuqori bo'lganda ham odamlarning turmush darajasi nisbatan past bo'lishi mumkin. Buning aksi – iqtisodiy o'sishdagi natijalar salmoqli bo'lmaganda ham turmush darjasining nisbatan yuqoriligi ham kuzatiladi. Jamiyatda sanoat rivojlanishi bosqichidan avval iqtisodiy o'sishni ta'minlashda tabiiy va mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqichida moddiy resurslarga ustuvorlik berilgan bo'lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqichda intellektual va axborot resurslarining roli birinchi o'ringa chiqmoqda. Jahonning etakchi mamlakatlari taraqqiyoti yangi – bilimlar, innovasiyalar, global axborot tizimlari, yangi texnologiyalar va venchur biznesi iqtisodiyotini shakllantirishga olib keldi. Innovasion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil etadi. Ya'ni inson tafakkuri ishlab chiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo'lib qolmasdan, balki bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi.

Dastavval inson taraqqiyoti tushunchasining tarkibiy qismlari u qadar ko'p bo'lmasdan, tarbiya, ta'lim, bilim, salomatlikni qamrab olardi. Shu bilan birga uzoq vaqt davomida inson taraqqiyotiga iqtisodiy o'sish nazariyasi nuqtai nazaridan tarraqiy etishning ijtimoiy, ya'ni xarajatli omili sifatida qaralardi. Tarbiya, ta'limga investisiyalar noishlab chiqarish xarajatlari hisoblanardi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab inson kapitali va ta'limga nisbatan munosabat asta-sekin tubdan o'zgara boshladi. Ijtimoiy rivojlanishda insonga faqat ma'naviy sohadagina emas, balki takror hosil qilish aloqalarida ham Markaziy o'rin ajratila boshlandi. Zero, bevosita inson avloddan avlodga meros bo'lib qoladigan bilimlarni egallash va ulardan samarali foydalanish qobiliyatiga egadir. “Inson kapitali" iqtisodiy kategoriyasida o'z ifodasini topgan bu g'oya jahon BMT ekspertlari tomonidan inson salohiyatining inson taraqqiyoti dinamikasiga ta'sirini aniqlaydigan modellar yordamida ishlab chiqilgan yangi “Insoniyatni barqaror rivojlantirish” nazariyalari, "Milliy 6 boylik kontsepsiyasi” kabi ijtimoiy tafakkur negizini tashkil etadi. Inson kapitalini rivojlantirish ustuvorligi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham, barqaror iqtisodiyotlar va modernizasiyani amalga oshirayotgan tizimlar uchun ham universal xususiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Bu jahonning etakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan juda ko'p tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan. Inson taraqqiyoti – odamlarning uzoq va sog'lom, munosib turmush kechirishlari, ma'lumotli bo'lishlari uchun zarur vositalardan foydalanishlari imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ammo bu imkoniyatlarni odamlarning o'zlari tanlaydilar. Taraqqiyot jarayoni insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o'zini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak. Inson taraqqiyoti tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini shunchaki shakllantirishga qaraganda ancha kengroqdir. U, shuningdek, bu imkoniyatlardan mehnat jarayonida, dam olish va ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. Imkoniyatlarni shakllantirish va ularni ishga solish o'rtasida mutanosiblik bo'lmas ekan, inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi. Inson taraqqiyotining asosiy mezoni umr ko'rish davomiyligi, savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda etadigan Inson taraqqiyoti indeksidir.


Yüklə 430,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə