Jizzax politexnika instituti



Yüklə 430,05 Kb.
səhifə8/13
tarix12.04.2023
ölçüsü430,05 Kb.
#105322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K. inson taraqqiyoti konsepsiyasi innovatsion rivojlanishdagi o\'rni

XX asrning 90-yillari birinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi bo'yicha ma'lumotlar ham BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tuzuladigan jahon (global) va mintaqaviy ma'ruzalariga kiritila boshlandi. O'zbekistonning inson taraqqiyoti to'g'risidagi birinchi ma'ruzasi esa 1995 yilda tayyorlangan edi. Bu bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning u yoki bu ustuvor sohasidagi masalalar xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taxlil qilinishi va baholanishiga, shuningdek, bu ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos solindi.

O'zbekistonda inson taraqqiyoti sohasida erishilgan tarraqiyot aniq-ravshandir. Ayniqsa, iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi. Milliy ma'ruzalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda so'nggi 10 yillikda aholi jon boshga to'g'ri keladigan YaIMning o'sishi inson taraqqiyoti umumiy indeksi o'sishidan uch baravar yuqori bo'ldi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 marotaba o'sdi, o'rtacha ish haqi 14 marotaba oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko'paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo'naltirilmokda. Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta'minlash 83,5 foizga etdi, sog'liqni saklash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o'ta og'ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat'iy choralar Ko'rildi. Onalar o'limi darajasi 2 baravardan ko'proq, bolalar o'limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya'ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o'rtacha umr ko'rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko'rishi esa 75 yoshgacha oshdi.

Bugun mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan aholining 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. O'zbekistonda ta'limga xarajatlar YaIMning 10,0-12,0 % ni tashkil etadi, holbuki jahon amaliyotida bu ko'rsatkich 3,0-5,0 % dan ortmaydi. Mamlakatda noyob Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur amalga oshirilmoqda, 2009 yildan e'tiboran 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Inson taraqqiyoti sohasida erishilgan natijalar iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh etishning to'g'ri tanlangan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan “o'zbek modeli"ning samarasi ekanligi shubhasizdir


Yüklə 430,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə