Jizzax politexnika instituti



Yüklə 430,05 Kb.
səhifə10/13
tarix12.04.2023
ölçüsü430,05 Kb.
#105322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K. inson taraqqiyoti konsepsiyasi innovatsion rivojlanishdagi o\'rni

Ayniqsa, iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi. Milliy ma'ruzalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda so'nggi 10 yillikda aholi jon boshga to'g'ri keladigan YaIMning o'sishi inson taraqqiyoti umumiy indeksi o'sishidan uch baravar yuqori bo'ldi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 marotaba o'sdi, o'rtacha ish haqi 14 marotaba oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko'paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo'naltirilmokda. Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta'minlash 83,5 foizga etdi, sog'liqni saklash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o'ta og'ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat'iy choralar Ko'rildi. Onalar o'limi darajasi 2 baravardan ko'proq, bolalar o'limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya'ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o'rtacha umr ko'rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko'rishi esa 75 yoshgacha oshdi. Bugun mamlakatimizda ish bilan band bo'lgan aholining 48 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. O'zbekistonda ta'limga xarajatlar YaIMning 10,0-12,0 % ni tashkil etadi, holbuki jahon amaliyotida bu ko'rsatkich 3,0-5,0 % dan ortmaydi. Mamlakatda noyob Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur amalga oshirilmoqda, 2009 yildan e'tiboran 12 yillik majburiy ta'lim joriy etildi. Inson taraqqiyoti sohasida erishilgan natijalar iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh etishning to'g'ri tanlangan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan “o'zbek modeli”ning samarasi ekanligi shubhasizdir.










    1. Inson taraqqiyoti konsepsiyasining yuzaga kelishi va shakllanishi


Ma'lumki, davlatning samarali taraqqiyoti ko'p jihatdan jamtiyat tanlagan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga bog'liq. U.Cherchil lyozganidek: "Aniq nazariyaga ega bo'lgan va unga sidqi dildan ishongan kishi kundalik hayotning o'zgarishlari va kutmagan hodisalariga uzoqni ko'rabilmaydigan, hamda kundan kunga paydo bo'ladigan tabiiy impulslarga ko'r-ko'rona ergashadigan kishilarga nisbatan ko'proq darajada tayyor turadi".
Jamiyatning rivojlanishi strategiyasi bosh ustuvorliklarni hamda iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishning izchilligini aniqlash, hokimiyatning turli tarmoqlari va darajalarida xatti-
Harakatlarni muvofiqlashtirish, resurslar va kuchlarning optimal taqsimlanishiga erishish imkonini beruvchi omildir. Uzoq vaqt davomida dunyoda iqtisodiy taraqqiyot konstepstiyasi yakka hukmron bo'lib kelgan. Qichqacha aytganda ushbu konstepstiyaning mohiyati nihoyatda soda va tushunarli: iqtisodiyotning va mehnat samaradorligining o'sishi sur'ati yuqori bo'lgan, yalpi ichki mahsuloti (YaIM) va aholi jon boshiga o'rtacha daromadi yuqori bo'lgan mamlakat farovon hisoblanadi. Turli siyosiy, iqtisodiy tizimlarga ega davlatlar iqtisodiy rivojlanish sur'atlariga ko'ra o'zaro raqbotlashaveradi. Bu konstepstiya soda va tushunarli bo'lgani tufayli birmuncha chidamli bo'lib, hamon odamlar tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazib kelmoqda.
Ammo XXI asr bo'sag'asida iqtisodiy o'sishning o'zi asosiy maqsad emasligi ayon bo'lib qoldi. Jamiyatning daromadlari faqat vosita, xolos: ular kam ta'minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash dasturlariga ham, qurollanishga ham sarflanishi mumkin. Shu sababli turli mamlakatlardagi turmush sifati har doim ham o'rtacha daromad darajasiga mos kelavermaydi. Bundan tashqari, YaIM notekis taqsimlanishi mumkin. Zero, hukumatlarning ijtimoiy siyosati faol, kuchli yoki sust, loqayd bo'lishi mumkin. Xuddi shuningdek ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi ijtimoiy ustuvorliklar demokratiya va bozor sharoitidan Mutlaq farq qilishi mumkin. Demak, YaIM darajasi ham, o'sish sur'ati ham taraqqiyot va muvaffaqiyatning asosiy mezoni bo'la olmaydi. Bu haqiqatni anglash yangicha yondashuvni–Insontaraqqiyoti Konstepstiyasini (ITK) shakllantirish imkonini berdi.
Ushbu konstepstiyaning shakllanishiga hind iqtisodchisi, 1998 yil Nobel mukofoti laureate Amartya Kumarsenaning ilmiyasarlari, pokistonlik mashhuri qtisodchi Mahbub ul-Haqning faoliyati katta hissa bo'lib qo'shildi. Mahbub ul-Haq BMTRD tomonidan 1990-yildda tayyorlangan birinchi "Insontaraqqiyoti to'g'risida"gi ma'ruzaning tashabbuskori va mualliflaridan biri bo'ldi. Shundan buyon ushbu nashr har yili chop etiladi. Shuningdek, dunyoning deyarli barcha davlatlari har yili isrkga asoslangan o'z Milliy ma'ruzalarini tayyorlaydi. 2008 yilgacha 600 danziyod global, mintaqaviy va milliy ma'ruzalar chop etilgan bo'lib, ular 143 mamlakatdagi inson rivojlanishi jarayonlarini aks ettiradi.
1995- yildan buyon O'zbekistonda Inson taraqqiyoti to'g'risida to'qqizta ma'ruza e'lon qilingan bo'lib, ular ijtimoiy siyosat, iqtisodiy o'sish, islohotlarni o'tkazishda davlatning roli, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, davlat boshqaruvini markazdan chetlashtirish, sog'liqni saqlash, ta'lim tizimiga bag'ishlangan. Ushbu hujjatlar bilan o'zbek va rustillarida www.undp.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Inson taraqqiyoti haqidagi ma'ruza qiziqarli statistic ma'lumotlarni qamrab olgan ommabop materialgina emas. Bu, eng avvalo, inson taraqqiyoti borasidagi mamlakat strategiyasi amalga oshirilishi jarayonini aks ettiradi, siyosat ustuvorliklarini ifodalaydi va kelgusi harakat dasturini belgilab beradi. Shu tarzda yigirma yildan kam muddatda inson taraqqiyoti konstepstiyasi ijtimoiy jarayonning umumtanolingan paradigmasiga aylandi. Boshqacha aytganda, u nafaqat nazariy qurilma, balki jamiyat rivojlanishining kompleks modelidir.
Inson rivojlanishi nuqtai nazaridan yutuqlar bugun barcha joylarda mamlakat farovonligi va u tanlagan yo'lning to'g'riligini tasdiqlovchi bosh mezon sifatida tan olinadi. Inson taraqqiyoti konstepstiyasiga ko'ra, jamiyat rivojlanishi markazida iqtisodiy ko'rsatkichlar emas, avvalo inson turishi kerak.
Taraqqiyotning bosh maqsadi va mezoni –odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ehtiyojlarini samarali qondirishdan iborat. BMT hujjatlari bu borada yaqqol tushuncha hosil qilish imkonini beradi: "ijtimoiy siyosatning mohiyati shundaki, u odamlar uchun tanlash imkoniyatini kengaytirishi kerak". Bu o'rinda "tanlash imkoniyati" deganda shaxsning tabiiy, jamiyatda umum qabul qilingan qadriyatlarga mos keladigan ma'naviy va moddiy ehtiyojlari, yanada yuqori turmush darajasiga erishish bo'yicha maqsad va intilishlari tushuniladi. Bir qarashda bularning barchasi oddiy haqiqat, hammaga ma'lum fikrlar bo'lib tuyulishi mumkin. Zero, hatto aniq davr mutaffakirlari ham qayd etganidek:
«boylik biz intilayotgan asl maqsadimiz bo'lmasa kerak; u shunchaki foydali va o'zga narsaga xizmat qiladi" (Aristotel).
Nima sababdan insoniyat asl maqsad va taraqqiyot mezoni inson ekanligini tushunish uchun bunchalik uzoq yo'lbosdi? Gapshundaki, inson rivojlanishi konstepstiyaning mualliflaridan biri Mahbub ul-Haq ta'kidlaganidek, "aniq narsa shunday bo'ladiki, uni ba'zan ko'ra bilish mushkul".
Bundantashqari, insoniyat avvalgi davrlarda invidining tanlash imkoniyatini kengaytirish masalasini amaliy hal etishga qodir emas edi. Bu hol buning uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgandagina, ya'ni–ilmiy-texnik taraqqiyotning inqilobiy rivojlanishi va inson bunyodkorlik salohiyatining mislsiz o'sishi, globalizastiya va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarining mutlaqo yangi imkoniyatlari paydo bo'lishi, demokratiya va bozor iqtisodiyoti ko'lamining kengayishi kuzatilgan taqdirdagina mumkin bo'ldi.
Hozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo'llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag'ishlangan Ma'ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko'ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Odamlarning sifatli ta'lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o'rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo'lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya'ni qaysi mamlakat o'z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo'lsa, o'sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to'kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o'rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi – bu uning odamlaridir”, degan asosiy g'oyani targ'ib qiladi.
1990 – yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko'rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o'rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o'lchoviga ko'ra aniqanadigan bo'ldi:

  • Kutiladigan yashash davomiyligi ko'rsatkichi o'zida mamlakat sog'liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta'minotning holatini ma'lum darajada aks ettiradi.

  • Ta'lim darajasi ko'rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang'ich, o'rta va oliy ta'limga jalb qilish holatini o'zida ifoda etib, mamlakat ta'lim tizimining qay tarzda ekanligini ko'rsatib beradi.

  • Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko'rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko'rsatadi.

Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o'zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko'rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma'lumotlariga ko'ra, 2004 yil O'zbekistonda inson taraqqiyoti ko'rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan:

  • Ta'lim ko'rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta'lim sohasi butundunyo o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o'rindan joy olgan.

  • Kutiladigan o'rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo'lib, dunyo mamlakatlari bo'yicha 112 – o'rinda turgan.

  • Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko'rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o'rinni egallagan.

Lekin so'nggi ma'lumotlarga asosan, mamlakatda YaIM o'sish darajasi 2007 – yilda 9,5%ni tashkil etgan. Bunday o'sishga fuqarolarning, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining yashash darajasi tobora yaxshilanayotganligi sabab bo'lmoqda.
Shunday qilib, hozirda O'zbekiston inson taraqqiyoti o'rtacha bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin olgan. Keyingi yillarda hukumatimiz va BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida inson taraqqiyoti konsepsiyasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekistonda o'tgan yillar davomida inson taraqqiyotiga qaratilgan jami 9ta milliy ma'ruza e'lon qilindi:

  • Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 – yil)

  • Iqtisodiy o'sish va inson taraqqiyoti (1996 – yil)

  • Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 – yil)

  • Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o'tkazishdagi roli (1998 – yil)

  • O'zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o'tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 – yil)

  • Kichik va o'rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 – yil)

  • Markazsizlashtirish va inson taraqqiyoti (2005 – yil)

  • Salomatlik barcha uchun: O'zbekistonning yangi mingyillikdagi asosiy maqsadi (2006-yil)

  • O'zbekistonda ta'lim: talab va taklif mutanosibligi (2007-2008 yillar)

O'tgan davrga nazar tashlaydigan bo'lsak, ma'ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o'z aksini topayotganligini ko'ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ'ib qilishga yo'naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan “Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o'qitish orqali ta'lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish” loyihasidir. Hozirgi kunda o'qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo'llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o'qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo'lgan strategiya haqida talabalar va o'qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.









    1. Yüklə 430,05 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə