Jizzax politexnika instituti


Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish mumkin



Yüklə 430,05 Kb.
səhifə5/13
tarix12.04.2023
ölçüsü430,05 Kb.
#105322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K. inson taraqqiyoti konsepsiyasi innovatsion rivojlanishdagi o\'rni

Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish mumkin.

Hozirgi vaqtda jahonning etakchi davlatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo'lib, bu bosqichda iqtisodiy o'sish omillarining roli va o'rni o'zgarmoqda. An'anaviy hisoblangan uch omilga: mehnat, er, va kapitalga fan-texnika tarraqiyoti omili ham qo'shildi. Axborot va bilimlar esa eng muhim resurslarga aylandi. Innovasion iqtisodiyot bevosita ana shu asosda shakllanib, ushbu iqtisodiyotda inson va uning salohiyati hal qiluvchi rol o'ynamoqda.

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlar inson taraqqiyoti maqsadiga yo'naltirilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov alohida ta'kidlab o'tganidek, bizning o'z oldimizga qo'ygan asosiy maqsadimiz - "barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so'zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan, jahon miqyosida obro'e'tibor qozongan jamiyat barpo etish” dir.

O'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari insonning jamiyatdagi o'rni, uning ulkan salohiyatiga yuqori baho berib, inson har taraflama kamol topishining ahamiyatini uqtirganlar. Abu Ali ibn Sino: "inson boshqalarning ehtiyojlarini qondirishi sababligina inson bo'ladi, boshqalar ham shunday yo'l tutadi. Birov ekin ekadi, boshqa odam non yopadi, uchinchisi kiyim tikadi, to'rtinchisi igna yasaydi va hamma bir–birining ehtiyojini qondirish uchun to'planadi” deb ko'rsatgan.

Kafolatlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, ya'ni moddiy ne'matlarni Uzoq vaqt davomida iqtisodiy tafakkur moddiy boylik ortirish sohasida ro'y berayotgan jarayonlar ta'sirida edi. Moddiy omillarga universal va hal qiluvchi vosita sifatida qaralardi. Iqtisodiy o'sish mamlakat umumiy boyligini ko'paytirishga, davlatning qashshoqlik, ochlik, boshqa ijtimoiy muammolarni hal etish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Huddi shuning uchun iqtisodiy o'sishning yuqori darajasi jahondagi ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning eng asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Moddiy boylik jamiyatda va inson hayotida ulkan rol o'ynaydi. Daromadlar ortishiga moddiy va ma'naviy qoniqish hosil qilinadigan nufuzli ishda band bo'lish kabi inson imkoniyatlarini kengaytiradigan asosiy vosita sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari daromad soliqlar va boshqa tushumlar manbai bo'lib, ular aholining nochor qatlamlari ijtimoiy muhofaza qilinishini qayta taqsimlashni amalga oshirish uchun zarurdir. Resurslarni adolatli ravishda taqsimlash jamiyat barcha azolari uchun ne'matlarni tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, turmush sifatini oshirish negizini yaratadi. Daromadlar va inson turmushi o'rtasidagi bog'liqlik soliq–byudjet va ijtimoiy siyosat choralarini qamrab oladigan davlat strategiyasi yordamida shakllantirilishi kerak. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori bilan o'lchanadigan daromadning o'zi inson taraqqiyotining yakkayu yagona mezoni bo'la olmaydi. Jahon amaliyotidan faqat YAIM ortishining o'zi ta'lim darajasi yuksalishi, odamlar salomatligi mustahkamlanishi, inson huquq va erkinliklari ta'minlanishiga olib kelmasligiga doir ko'plab misollar keltirish mumkin. Hatto daromadlarining o'rtacha ko'rsatkichlari deyarli bir xil bo'lgan mamlakatlarda turmush sifati ko'rsatkichlari bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin.


Yüklə 430,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə