Jizzax politexnika instituti



Yüklə 430,05 Kb.
səhifə7/13
tarix12.04.2023
ölçüsü430,05 Kb.
#105322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K. inson taraqqiyoti konsepsiyasi innovatsion rivojlanishdagi o\'rni

Davlatning farovonligi faqat daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanishga ham bog'liqdir. Daromadlar mo'may bo'lishining o'zi inson taraqqiyotini kafolatlamaydi. Shunday ekan, inson taraqqiyotining ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni farqlash kerak. Inson barqaror taraqqiyoti faqat iqtisodiy o'sishni ta'minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday taraqqiyoti aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o'z turmushlariga ta'sir ko'rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta'minlashni nazarda tutadi. Bunday taraqqiyot inson manfaatlarini ko'zlaydi, ish joylarni ko'paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 7 XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy jamg'armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo'lmoqda. Ishlab chiqarishga investisiyalar kiritish qanchalik muhim bo'lmasin, inson taraqqiyotiga sarmoyalarga tobora ko'proq ustuvorlik berilmoqda. Ya'ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy o'zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir bo'lmoqda.

Inson taraqqiyoti kontsepsiyasi nihoyatda ko'p qirrali, uning inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo'llanilishi imkoniyatlari keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi inson taraqqiyoti to'g'risidagi ma'ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma'ruzalari huddi shundan dalolat beradi. BMT Rivojlanish dasturining 1990 yildagi bunday birinchi ma'ruzasida inson taraqqiyoti nazariyasi va uni o'lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda urbanizasiya muammolariga bag'ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan keyingi ma'ruzalar mavzulari hayotiy extiyojlar, odamlar xavfsizligining turli mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning yangi yo'nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish bilan bandlikka globallashuvning ta'siri, iste'mol modellari, inson taraqqiyoti bilan barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o'rtasidagi bog'liqlik kabi ko'pgina masalalarni qamrab olgan. Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni faqat ijtimoiy hayotning an'anaviy ma'naviy sohasidagina emas, takror hosil qilish jarayonlarida ham insonga Markaziy o'rinni ajratadi. Bunda inson ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birlamchi va pirovard maqsadi ekanligi e'tirof etiladi. Ya'ni taraqqiyotining insoniy yoki ijtimoiy mezoni dominanta bo'lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu taraqqiyotning sharti deb belgilanmoqda. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so'ng va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgach, xalqaro hamjamiyatga qo'shilishidan kelib chiqadigan majburiyatlarni zimmasiga oldi. Mamlakatimiz inson taraqqiyoti kontsepsiyasini BMTning boshqa a'zolari ham shunday qilganliklari uchungina emas, balki mazkur kontsepsiyaning g'oyalari va qoidalari o'zbek xalqining ko'p asrlik hayotiy maqsadlariga mos ekanligi uchun qabul qildi.


Yüklə 430,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə