Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57



Yüklə 250,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü250,57 Kb.
#141815
  1   2   3
iqtisodiy-tahlilning-turlari-va-shakllari-ularning-tasnifi-va-tavsifi



JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 41 
IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA SHAKLLARI, ULARNING 
TASNIFI VA TAVSIFI 
Xoliqulov Anvar Nematovich 
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots. 
Xamroyev Yusuf
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
IK-S-420 guruh talabasi 
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega. 
Ammo ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular 
mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Iqtisodiy tahlilning turi 
deganda ma’lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu 
kabilar bilan umumiy bo‘lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari 
tushuniladi. 
Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o‘ziga xos bo‘lgan tashqi ko‘rinishi, 
sirtqi qiyofasi, bilan birga o‘ziga xos mazmuni, ya’ni uni amalga oshirish yo‘llari, 
usullari tushuniladi. 
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, 
chunki ularning ikkalasi ham tahlil qiluvchining o‘z oldigan qo‘ygan maqsadini 
amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ular bir-biridan ma’lum belgilari, shakli va 
mazmuni bo‘yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo‘lishidan qatiy nazar ularda 
bir-biriga juda yaqin va o‘xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa 
har birida o‘ziga xos usullar majmuasi qo‘llanilishi mumkin. 
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo‘yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi 
nuqtai nazardan qarashga bog‘liq. Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa 
u glabal, lokal va tematik tahlilga bo‘linadi. Bularning hammasida bir xil usullardan 
foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko‘radigan bo‘lsak, uni 
makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarning 
majmuasidan kelib chiqiladi. Masalan, kompleks tahlilda qo‘llaniladigan kompleks 
baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo‘llanilmaydi. FQT da 
qo‘llaniladigan usullar omilli tahlilda qo‘llanilmasligi mumkin va hokazo. 
Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Bu masala turli darslik va 
adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Ko‘p adabiyotlarda 2-3 ta, ba’zilarida 6-7 ta, 
ba’zilarida 8 ta belgilari bo‘yicha tasniflanadi. Ta’kidlanganidek, ko‘pgina 
adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turi bilan shakli farqlanmagan holda berilgan. 
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi 
belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi. Bularga: 
mazmuni bo‘yicha tasniflash; makon nuqtai nazaridan qarash bo‘yicha; tahlil 
qiluvchilar subekti bo‘yicha; tarmoq tamoyili bo‘yicha; zamon nuqtai nazaridan 
tasniflash bo‘yicha; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha; kengaytirilgan 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 42 
taror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha; kompyuterlashtirish darajasi bo‘yicha 
tasniflash kabi belgilari kiradi. Bu quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma). 
 
O‘rganilayotgan ob’yektni 
qamrob olish darajasi buyicha 
Mazmuni bo‘yicha 
Zamon nuqtai nazaridan
Makon nuqtai 
nazaridan 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni 
o‘rganish bo‘yicha 

Yüklə 250,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə