Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57



Yüklə 250,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü250,57 Kb.
#141815
1   2   3
iqtisodiy-tahlilning-turlari-va-shakllari-ularning-tasnifi-va-tavsifi

Turlarini 
aniqlashda 
qo‘llaniladigan 
belgilar 
Tahlil qiluvchilar 
sub’yekti bo‘yicha 
Kengaytirilgan ishlab 
chiqarish bosqichlari 
bo‘yicha 
Tarmoq tamoyili 
bo‘yicha 
Kompyuterlashtirish 
darajasi bo‘yicha 
 
1-chizma. Iqtisodiy tahlil turlarini tasniflashda qo‘llaniladigan belgilar 
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu mavzu bo‘yicha turli takliflar mavjud. Ularni 
o‘rganib va umumlashtirib hamda bu soha bo‘yicha uzoq yilik tajribadan kelib chiqib 
ushbu holatga to‘xtaldik. Bu bizning fikrimizcha iqtisodiy tahlilning turlariga bo‘lgan 
nazariy va amaliy jihatdan qo‘yiladigan talabni ma’lum darajada qondiradi deb 
o‘ylaymiz. 
Iqtisodiy tahlil mazmuni bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: glabal, lokal va 
temmatik. 
Glabal tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini atroflicha 
to‘liq yaxlit holda o‘rganish tushiniladi. 
 
Lokal tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining alohida bir 
tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi. Misol tariqasida aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik 
faoliyatini olish mumkin. Uning tarkibiga bosh korxona va oltita sho‘ba korxonalari 
kiradi deb faraz qilamiz. Hammasining holatini yaxlit holda bir hisobot davri 
mobaynida erishilgan natijalari bo‘yicha tahlil qilish global tahlilga misol bo‘lishi 
mumkin. Uning alohida bo‘linmalarini tahlil qilish lokal tahlilga misol bo‘lsa, shu 
bo‘linma ichida alohida bir mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan tahlil tematik tahlilga 
misol bo‘lishi mumkin. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 2 (May) ISSN: 2181-3000 
Page 43 
Demak, tematik tahlil deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini alohida 
mavzusi bo‘yicha tahlil qilish tushiniladi. Bunga aksiyadorlik jamiyatining bozor 
faolligini, ish faolligini, moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili 
kabilarni misol keltirish mumkin.
Bular o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi chizmada keltirilgan (2-chizma). 
Iqtisodiy taxlilning to‘rlari va shakllarini tasniflashda uning alohida xillari 
shartli ravishda olingan. Bunda tasniflash belgilari va ularga kirituvchi iqtisodiy tahlil 
turlari mualliflar nuqtai nazaridan tahlilning nazariy va amaliy jihatlarini hisobga 
olgan holda yondoshilgan. 
Vaqt - betakror boylik. Agar u yo‘qotilsa qayta tiklanmaydi. SHu tufayli vaqtni 
yo‘qotmaslik lozim. Vaqtning o‘tishi bilan ishlab chiqarish jarayoni davom etadi. 
Ma’lum bir davrda natija hisob-kitob qilinadi, chamalanadi, tegishli kamchiliklar va 
yutuqlar aniqlanadi. SHu tufayli har bir vaqtda sodir bo‘lgan jarayonni uzluksiz 
ravishda tahlil qilib turish lozim. SHu jihatdan iqtisodiy tahlil uchga bo‘linadi: tezkor 
tahlil, joriy tahlil, istiqbol tahlili. 
Tezkor tahlil deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o‘tkaziladigan 
tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri bir chorak deydigan bo‘lsak, uning tomom 
bo‘lishini kutish uchun uch oy kerak. Ammo shu muddatda qanday natijaga erishish 
mumkinligini aniqlash uchun shu davr ichida tezkor tarzda har kuni, har haftada, har 
o‘n kunlikda, har oyda tahlil qilib borish lozim. Bu aynan shu hisobot davrida (chorak 
ichida) amalga oshiriladi. SHu tufayli ushbu tahlil tezkor tahlil hisoblanadi. 
Joriy tahlil deganda hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor 
hisobot ma’lumotlari va boshqa axborot manbalariga asosan o‘tkaziladigan tahlil 
tushiniladi. Masalan, hisobot davri chorak bo‘lsa, u tugashi bilan buxgalteriya, 
statistik va tezkor hisobotlar tuziladi. Hamda ular tegishli tashkilotlarga (soliq 
idorasiga, moliya, statistik bo‘linmalarga) topshiriladi. asl nusxasi shu xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektda qoladi. Ana shu hisobot ma’lumotlariga asosan ushbu xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning faoliyati joriy tahlil qilinadi. 

Yüklə 250,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə