Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124198
1   2   3   4   5   6
6474c222871f5 115-120

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–29_Issue-4_May_2023 
117 
ovozi” gazetasi partiyaning markaziy bosma nashriga aylandi. 1991-yil dekabr oyida 
partiya O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi 
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o’z o’rniga ega partiyalardan 
yana biri O’zbekiston “ Vatan taraqqiyoti” partiyasidir. Ushbu partiya 1992- yil tashkil 
topgan, 1999-yili “Fidokorlar” Milliy Demokratik Partiyasi ta’sis etildi
3
. U 
O’zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo’llab-quvvatlaydigan siyosiy 
uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan taraqqiyoti” partiyasi va 
“Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo’shma qurultoyi bo’lib, unda har ikki 
partiya harakati, faoliayat dasturi yakdilligi muhokama qilinadi, ularning birlashib 
ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa asosida 2ta partiya birlashdi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – 
O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidir
4
. Bu partiya 1995-yil fevralda 
tuzilgan. Sotsiol-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy 
muammolarni hal qilishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan 
mamlakatlardagi sotsiol-demokratik yo’nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo’lga 
qo’yishga va xalqaro sotsiol- demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. 
O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o’rta sinf va ehtiyojmand aholi 
tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy idoralarini ifodalashga intiladi. Bu 
partiya o’z nomidan ko’rinib turganidek jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni adolat 
yuzasidan, qonuniy yo’l bilangina hal qiladi. Adolat sotsial-demokratik partiyasi o’z 
oldiga quyidagi vazifalarni qo’ydi va ularni birma ketinlik bilan amalga oshirishga 
intilmoqda. Bularga huuquqiy demokratik davlat qurish, maamlakat mustaqiligini 
mustahkamlash, vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab 
turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga 
keltirishga hissa qo’shish kabilarni ustuvor vazifa sifatida o’z oldiga maqsad qilib 
qo’ygan. Ushbu partiyaning g’oyaviy negzini sotsial-demokratiyaning uch asosiy 
pirinsipi tashkil qilib ular jumlasiga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolatni va qonun 
ustuvorligini ta’minlash tashkil etadi. Keyingi Milliy qadriyatlarimizni shu kungacha 
va bundan keyin yetib kelishiga sababchi bo’lgan partiya bu – Milliy tiklanish 
demokratiyasidir. Ushbu partiya 1995-yil 3-iyunda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida 
tashkil topgan. O’zbekiston Milliy tiklanish Demokratik partiyasi teyran milliy ruh va 
dunyo qarashga ega bo’lgan, ruhan va qalban vatanparvarlik g’oyalarini, siyosiy 
jihatdan o’z taqdirini o’zi belgilashga o’z-o’zini boshqarishga intilayotgan, o’zligini 
anglash, milliy birlik va milliy tiklanishni muhim hayotiy maqsadlari deb 
ifodalayotgan fuqarolarning qarashlari va manfaatlarini birlashtiradi. O’zbekiston 
Milliy tiklanish demokratik partiyasining borligi va ishlayotganligi sababli bizning 
3
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Fidokorlar_milliy_demokratik_partiyasi 
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Adolat_sotsial-demokratik_partiyasi 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə