Journal of new century innovations


partiyaning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124198
1   2   3   4   5   6
6474c222871f5 115-120


partiyaning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik 
muammolarning dolzarblashuvi va sonining ortib borishidir. O’zbekistonda Ekologik 
partiyani tashkil etish hayotiy zaruratga aylangan edi. Bu partiya tashkil etilganidan 
buyon yurtimizda ko’kalamzorlashtirish va obodonlshtirish ishlari jadal ravishta olib 
borilmoqda. Bundan tashqari har xil ekologik muammolarning asta sekinlik bilan 
yechimi topilmoqda. Mana partiyalar yurtimizga va bizga nima uchun kerak, agar 
partiyalar bo’lmasa yurtimizni bugungidek rivojlanishida ko’rmagan bo’lar edik. 
Partiyalar borligi va ishlayotganligi bois, yurtimiz va xalqimiz yuksalishda va 
rivojlanishdadir. Har bir partiya o’zining maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda 
faoliyat ko’rsatmoqda. 
 
5
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Liberal_demokratik_partiyasi 
6
https://daryo.uz/2019/01/24/ozbekiston-ekologik-partiyasi-davlat-royxatidan-otkazildi/ 


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–29_Issue-4_May_2023 
119 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O’zbekiston Respublikasida mavjud siyosiy partiyalarning faoliyat olib borishi 
uchun huquqiy asos eng avvalo, bu bosh qomusimiz bo’lmish konstitutsiyamizdir. 
Konstitutsiyamizda belgilangan o’zbekiston Respublikasaida ijtimoiy hayot 
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xima xilligi asosida rivojlanadi. Hech 
qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas
7
normasining 
mavjudligi respublikamizda turli xil qarashlarga, dasturlarga, xilma-xil fikrlarga 
tayangan jamiyatning turli qatlamlarini o’z ichiga olgan siyosiy partiyalarning faoliyat 
yuritishi uchun huquqiy asosdir. 
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va 
maqsadlar 
mushtarakligi 
asosida 
tuzilgan, 
davlat 
hokimiyati 
organlarini 
shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga 
intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda 
qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasi hisoblanadi. O’zbekiston respublikasining 1997-yil 
7-yanvardagi “Siyosiy partiyalar tog’risida”gi qonuniga muvofiq Siyosiy partiyalar 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin 
bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng 
huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va 
faoliyat ko‘rsatadi
8
deb takidlangan. Unga muvofiq Davlat siyosiy partiyalar huquqlari 
va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z 
maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib 
beradi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining siyosiy partiyalar ichki ishlariga 
aralashishlari yoxud, agar faoliyat qonunga hamda o‘z ustavlariga muvofiq amalga 
oshirilayotgan bo‘lsa, ular faoliyatiga u yoki bu tarzda to‘sqinlik qilishlari man etiladi, 
siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashuviga 
yo‘l qo‘yilmaydi, siyosiy partiyalar tashkilotlarining tadbirlari asosan ular a’zolarining 
ishdan tashqari vaqtida va ana shu partiyalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi, 
xususiy ish beruvchilarning o‘z xodimlaridan ular mehnat vazifalarini bajarayotgan 
paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi man etiladi, 
siyosiy partiyalar apparati xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi, ijtimoiy ta’minot 
va ijtimoiy sug‘urta haqidagi qonunchilik tatbiq etiladi deb belgilangan. Shuningdek, 
ushbu qonunda siyosiy partiyalarga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, 
o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish, saylab qo‘yiladigan davlat 
organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, 
qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat 
hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish, partiya faoliyati bilan bog‘liq 
7
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 12-m 
8
O
‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 26.12.1996 yildagi 337-I-son



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə