Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#133158
1   2   3   4   5   6   7   8
60-67

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–27_Issue-6_April_2023 
66 
Iqtisodiy o‘sish, shu jumladan uning sifati to‘g‘risidagi masalalar mamlakat, 
uning mintaqalari, umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini 
aniqlash uchun ham juda muhimdir. Iqtisodiy o‘sish jamiyatning rivojlanish 
istiqbollarini prognozlash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish 
resurslarning cheklanganlik muammosini hal etish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 
Iqtisodiy oʻsishni negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. 
Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi 
darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga suyanadi. Boshqacha qilib
aytganda, iqtisodiy oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil 
koʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va 
ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. 
Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini 
qondirishdan iboratdir, deb ta’kidlash albatta adolatdan bo‘lar edi. Ammo bu o‘rinda 
ehtiyojlami yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi 
ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot 
va 
takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boisa, iqtisodiy o‘sish esa - oraliq 
maqsad, ya’ni yalpi ichki mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish - bu sof 
ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha 
bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning o‘sishini ta’minlash - bu pirovard 
maqsad hisoblanadi va shu yo‘sinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz 
mumkin. 
Shu tariqa, biz iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin 
etish borasida tez-tez uchrab turadigan ko‘pgina chalkashliklarni bartaraf etishga 
harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini 
farqlashning quyidagi me’zonlarini taklif etamiz: 
- Iqtisodiy o‘sish ko‘proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan, iqtisodiy 
rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi; 
- Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan mahsulot ishlab 
chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda 
jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard maqsad sifatida namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə