Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#133158
1   2   3   4   5   6   7   8
60-67

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–27_Issue-6_April_2023 
64 
o‘zgarishi ularning o‘zgarish nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar yalpi talab va yalpi 
taklif bir xil yo‘nalishda, ya’ni biri o‘ssa ikkinchisi ham o‘ssa, biri pasayganda 
ikkinchisi ham pasaysa narx darajasi va milliy mahsulot miqdorini o‘zgarishi bo‘yicha 
aniq xulosa qilish qiyin bu ularning o‘zgarish ko‘lamlariga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni 
muvozanatli darajasi deb shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va yalpi 
taklif bir-biriga mos kelishi yoki bir-biriga teng bo‘lishi kerak. Narxlarni muvozanatli 
darajasida ma’lum miqdordagi mahsulotni haridorlar sotib olishga, ishlab 
chiqaruvchilar esa uni ishlab chiqarish va sotishga rozi bo‘ladi. Buni milliy ishlab 
chiqarish hajmini muvozanatli real hajmi deb ataydilar. Chizmada bu ikki ko‘rsatkich 
yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishgan nuqtalari bilan aniqlanadi.
Bu holat AD-AS modelini o‘zida ifodalaydi. Biz bilamizki, yalpi talab egri 
chizig‘i yalpi talab tarkibiga kiruvchi iste’mol xarajatlari, investitsiya xarajatlari, 
davlat xarajatlari va xorijiy iste’molchilar xarajatlaridagi o‘zgarishlar hisobiga o‘ngga 
yoki chapga siljishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, yalpi taklif egri chizig‘i ham 
texnologiya, resurslar narxlari yoki soliqlar o‘zgarishi bilan birgalikda mos tomonga 
siljiydi. 
Har qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga ya’ni, ularning hajmini 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan nisbat o‘z ketidan narxlarni 
o‘zgarishiga 
va aksincha
, narxlarni (u yoki bu tomonga) tebranib turishi talab va taklif 
hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik faqat qandaydir bir alohida 
mahsulot yoki xizmatga oid bo‘lmay, balki umuman milliy bozorga ham taalluqlidir. 
Shu bozordagi talab alohida haridorlar istagi ko‘rinishida bo‘lmasdan, barcha 
haridorlarning birlashtirilgan talabi sifatida amal qiladi va makrodarajadagi iste’mol 
qobiliyatini aks ettiradi. Taklif esa, milliy ishlab chiqarish jami hajmining taklifi 
sifatida 
bozorga 
chiqadi. 
Shunday qilib, yalpi talab uy xo‘jaligi, 
korxonalar
, hukumat hamda xorijiy 
haridorlarning tovar va xizmatlarga talabidir. Boshqacha qilib aytganda, yalpi talab bu 
barcha yakuniy iste’molchilar, 
yani aholi
, korxonalar, hukumat hamda xorijiy 
haridorlarning tovar va xizmatlarni sotib olishga qiladigan xarajatlarining puldagi 
ifodasidir. AD = C+I+G+Xn 
Narxlar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lib, narxlar 
darajasini o‘sib borishi bilan yalpi talab hajmi qisqarib boradi va aksincha. Ushbu 
bog‘liqlikni chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin. 
Tovarlar miqdori pul massasi (IS-LM) modeli. Tovar va pul bozorida umumiy 
muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga 
ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM 
modeli birinchi marta 1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy 
kontseptsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning 
“Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so‘ng keng 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə