Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#133158
1   2   3   4   5   6   7   8
60-67

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–27_Issue-6_April_2023 
61 
Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli mahsulot va xizmatlar 
yaratilganligini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorligi
YAMM - pirovard natijasi bilan o‘lchansa, mikroiqtisodiyot miqyosida esa 
(korxonada), yaratilgan sof mahsulotning yoki fondning mahsulot tannarxiga nisbati 
bilan aniqlanadi. 
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 
o‘sishini 2023-yilda 5 foiz, 2024 yilda esa 5,5 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Bu 
haqda reyting agentligining O‘zbekiston bank sektori tahliliga bag‘ishlangan 
hisobotida ma’lum qilindi. 
Joriy yil uchun yalpi ichki mahsulotning o‘sishi taxminan 5 foizni tashkil etishi 
prognoz qilinmoqda, biroq keyingi ikki yilda u 5,5 foizni tashkil etadi. Mintaqadagi 
va jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, iqtisodiyot tiklanishda davom 
etadi. Biroq Rossiya-Ukraina mojarosi, iqtisodiy pasayish va inflyatsiya bosimi fonida 
iqtisodiy ko‘rinish o‘zgaruvchanligicha qolmoqda. Pul o‘tkazmalarining o‘sishi, 
shuningdek, kapital va migrantlar oqimining o‘sishi 2023-yildan boshlab o‘zgara 
boshlaydi. 
S&P 
O‘zbekistonda 
davlat 
korxonalari 
samaradorligini 
oshirish 
va xususiylashtirishni amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy islohotlar dasturini ijobiy 
baholaydi. Bu davlat sektori ustunlik qiladigan iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Mintaqadagi geosiyosiy keskinliklar va jahon iqtisodiyotining beqaror prognozi tufayli 
keng ko‘lamli xususiylashtirish vaqt talab etadi. 
2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukrainaga qarshi urush oqibatlarini agentlik 
tahlilchilari taxmin qilganidan ko‘ra yaxshiroq yengib o‘tdi, bunga Rossiyadan pul 
o‘tkazmalarining ko‘payishi hamda Rossiya bilan savdo hajmining oshishi sabab 
bo‘ldi. 2022-yili aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 9,3 foizga o‘sdi va 2146,7 
dollarni tashkil etdi. Biroq yashirin iqtisodiyotning sezilarli hajmi tufayli aholining real 
daromadlari rasmiy daromadlardan yuqori bo‘lishi mumkin. 
Tahlilchilar iqtisodiy muhit 2022-yildagi mo‘’tadil o‘sish bilan solishtirganda, 
2024-yilga kelib kreditlashning 25−30 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlashini 
kutmoqda. Ba’zi yutuqlarga qaramay, dollarlashuv keyingi ikki yil davomida yuqori 
darajada qolishi mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumatning sof qarzi 2025-yilga borib YAIMning
23 foizini tashkil etadi - bu xalqaro kontekstda past daraja. Joriy hisob taqchilligi 
keyingi uch yil ichida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 6 foizini tashkil etadi, lekin 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va qarzlar oqimi hisobiga moliyalashtiriladi. 
Shuni ham aytib o‘tish joizki, Markaziy bank 2023-yil oxirigacha mamlakat 
iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilgan. Kutilayotgan inflyatsiya 
darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy 



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə