Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143236
1   2   3   4
159-162

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–35_Issue-1_Avgust_2023 
160 
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo 
miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib 
kamol topishi baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”, 
2

deb ta’kidlanishi ona tili tili ta’limi oldiga 
mamlakatimiz yoshlarini o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli 
bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni 
qo’yadi. Dars jarayonini tashkil qilish oson va qiziqroq bo’lishi uchun samarali bo’lgan 
ko’rgazmali qurollardan foydalanish yordamida keyinchalik ham esda qolarli bo’lishi 
uchun ilmiy va nazariy tomondan ham aniqlangan.
 
Nutq madaniyati – til normalarini 
egallamoq ya’ni talaffuz urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, 
shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga 
muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish va so‘zlay olish madaniyatini egallash 
demakdir. Masalan, “Aqliy hujum”, “Suhbat”, “ Munozara ko’rinishidagi dars”, 
“Sayohat bilan bog’liq dars”, “ Yaxshi va yomon”, “ Juftingni top”, “Didaktik o’yinli 
dars”, “Uch so’z”, “So’z tarkibi adashdi”, kabi ta’limiy o’yinlar va turli xil o’zbek xalq 
maqollaridan va topishmoqlaridan foydalansak, o’quvchilarning bilimini kuchli
ongini va ularning tafakkurini rivojlantiradi, fikrini to’g’ri ifodalaydi, og’zaki va 
yozma nutq malakasini oshiradi. Xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish 
bolalarni badiiy estetik ta’sirida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi, xalq og’zaki 
ijodi namunalaridan maqol topishmoq, tez aytishlar hamda bolalarda topqirlik, 
tezkorlik, mulohazalik, sifatlarini qaror toptirishga va shu orqali nutqini o’stirishga 
yordam beradi. Xalq og’zaki ijodi xalqning ma’naviy boyligining muhim tarmog’i 
bo’lib, bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli beqiyosdir. Chunki, xalq 
og’zaki ijodida xalqning ozod, baxtiyor hayot uchun kurashi va ezgu niyatlari, orzu-
umidlari o’z ifodasini topadi. Biz o’z malakaviy ishimizda xalq og’zaki ijodi 
namunalaridan boshlang’ich sinf 3-4 sinf ona tili darsligida keltirilgan maqol va 
topishmoqlar ustida fikr yuritmoqchimiz.
Maqollarni o’quvchilarga tushuntirishda quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab 
qilinadi: 
-
O’qib o’tilgan asar mazmuniga aloqador maqollar qiyoslanadi: “Suv keltirgan 
xor-zor, ko’za sindirgan aziz”, “Mehnatning tagi rohat”; 
-
Maqollarni muayyan asar mavzular bo’yicha guruhlash : “Vatan – 
vatanparvarlik’, “Do’stlik va dushmanlik”, “To’g’rilik “, “Odob va axloq” 
“Til; va nutq”.
-
Rasmlar va albomlarni tuzib, uning mazmuniga mos maqol yozish.
Maqollar o’quvchilarning nutqini oshiradi, ongini rivojlantiradi, so’z 
2
Mirziyoyev Sh, Erkin va faravon demokratik o’zbekistomn davlatini birgalikda barpo etamiz. – T,:O’zbekiston. 2016 
,- 14-6-bet.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə