Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
67-56-PB

Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Galogenlarning fizik, kimyoviy xossalari, hamda 
tartib raqami ortishi va kamayishi bilan ularda kuzatiladigan hodisalar haqida 
ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: 
Galogenlar, kimyoviy reaksiya, fizik va kimyoviy xossalari
vodorodli birikmalar, elementlar. 
Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a 
guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy 
nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi. 
"Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy 
metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi. 
"Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin 
Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu 
atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan 
umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi.Galogenlarning barchasi - 
metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi 
aniqlangan.[2] Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy 
qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari, 
ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning 
kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.Ftordan yodga 
o‘tishfa galogenlar ba'zi xossalarining turlicha o‘zgarishlarga asoslanib, rus olimi 
Ye.V.Biron ikkilamchi davriylik hodisasi mavjudligini aniqladi (masalan xlor 
kislorodli birikmalarning mustahkamligi, ftorning shunday birikmalarining 
mustahkamligidan kuchliroqdir; bromda bu xossa yanada susayadi va yodga borganda 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə