|
Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS67-56-PBJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
WSRJournal.com
Volume-10_ Issue-3_August_2022
33
ortadi).[1]Uglevodorodlarning galogenli hosilalari ko‘pchilik organik moddalarni
olishda juda muhim oraliq mahsulot bo‘lib xizmat qiladi. Huddi ana shulardan
foydalanish XIX-asrda organik kimyoning taraqqiy etishiga katta turtki bergan edi.
Xlorlash usuli mineral va rudalardan turli metallarni ajratib olishda keng qo‘llaniladi.
Yodidlarni termik parchalash yo‘li bilan tozalik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan
metallar olinadi. Hozirgi vaqtda ftor kimyosi mustaqil ilmiy fan sifatida ajralib
chiqqan.[2]
Elementlar kimyosini gruppachalar bo'yicha qarab chiqishda davriy qonun va D.L
Mendeleyev elementlar davriy sistemasining oldindan aytish imkoniyatidan foydalana
bilish nihoyatda muhimdir.[3] Shunda darslikdan foydalanmay turib ham
elementlarning va ular birikmalarining ko'pchilik xossalarini bayon qilib berish
mumkin bo’ladi. Masalan, elementning davriy sistemada joylashgan o'rniga qarab
atomning tuzilishini — yadrosining zaryadi va tarkibini hamda elektron
konfiguratsiyasini aytib berish mumkin; elektron konfiguratsiyasiga qarab esa
elementning birikmalardagi oksidlanish darajasini aniqlash, odatdagi sharoitda
molekula hosil bo iish mumkinligini, qattiq holdagi oddiy modda kristall panjarasining
turini aniqlash mumkin. Nihoyat, shu elementlar yuqori oksidlari va gidroksidlarining
formulalarini, ularning kislota-asos xossalari davriy sistemaning gorizontali va
vertikali bo'ylab qanday o'zgarishini, shuningdek, turli xil binar birikmalarining
formulalarini aniqlab,kimyoviy bogianishlar xarakteriga baho berish mumkin.
Bularning hammasi elementlarning, oddiy moddalar va ular birikmalarining
xossalarini o'rganishni ancha osonlashtiradi. Bu ishni har qaysi gruppachaning umumiy
tavsifmi ko'rib chiqishdan boshlash lozim.Galogenlar gruppasiga ftor, xlor, brom, yod
va astat kiradi (astat — radioaktiv element, kam o'rganilgan). Bular D .I.M endeleyev
davriy sistemasining VII gruppasidagi p- elementlardir. Ular atomlarining tashqi
energetik pog'onasida 7 tadan elektron bo’ladi. Ularning xossalarida umumiylik
borligiga sabab ana shudir.Ular bittadan elektronni oson biriktirib olib, — 1
oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Galogenlar vodorod va metallar bilan hosil
qilgan birikmalarida ana shunday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi.Xlor atomining
3/>pog‘onachasida bitta juftlashmagan elektroni bor va odatdagi (qo‘zg‘almagan)
|
|
|