Joylashtirish



Yüklə 279,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü279,53 Kb.
#149477
1   2   3   4   5
Elektroenergiya omili.
Bu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u 
yaratgan mahsulot - elektr quvvatini jamg’arib, omborxonalarda yig’ib bo’lmaydi, 
undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak. Bundan tashqari elektr quvvati yuqori 
kuchlanishli bo’lib, tarmoqlar orqali uzoq masofalarga berilishi mumkin. Masalan, 
xuddu shu maqsadda yirik ko’mir havzalarida yirik yoqilg’i energetika majmualari 
barpo etilgan. Odatda, elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil 
etilishida eng avvalo, uning arzon turiga ustunlik beriladi. Arzon elektr quvvati 
gidroelektro-stantsiyalaridan olinadi, chunki bunda suv keyin ham suvligicha 
qolaveradi, yoqilg’i elektr stantsiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz 
sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1tonna titan 
ishlab chiqarish uchun 40-50 ming kvt-s, shuncha alyuminiy ishlab chiqarish uchun 
17-19 ming kvt-s, misni tozalash, temir qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr 
pechlarida po’lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvt-s atrofida 
elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarning arzon elektr quvvati 


manbalariga yaqin joyda qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Suv va iqlim sharoiti ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta 
ahamiyatga ega. Suv manbalari ayniqsa kimyo, yogoch-tselyuloza, metallurgiya 
zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi.
Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga 
olinadi. Bu omilning ahamiyati ayniqsa O’zbekiston qishloq xo’jaligi uchun muhim 
omil hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar
orasida eng muhimi, aholi va mehnat resurslaridir. 
Shu o’rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, 
ularga son jihatidan ko’p ishchi kerak. Masalan, paxta etishtirish va uni qayta 
ishlash, tikuv fabrikasi, konserva ishlab chiqarish, va h.k. Boshqa korxonalarga esa, 
mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart emas, ularda "oz" va "soz" 
malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Masalan, asbobsozlik, aniq mashinasozlik va 
h.k.lar malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarda 
joylashtiriladi. 
O’zbekistonda mahalliy aholining tabiiy ko’payishi darajasi yuqoriligi
migratsion harakati faolsizligi mehnat zahiralari ko’plab shakllanishiga olib keladi. 
Shu sababli ularning miqdori ko’p bo’lgan qishloq joylarda, shaharlarda yangi 
sanoat korxonalari va boshqa korxonalarni, ma’daniy-maishiy muassasalarni tashkil 
etish zarur. 
Transport
ham juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom 
ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha 
boshqa omillar bilan qo’shilib, uygunlashib ketadi va uni "sof" holda ajratib olish 
qiyin. Shu bilan birga transport masalasi iqtisodiy-geografik omil bilan ham 
chambarchas bogliq. Bu ob’ektning eng avvalo, tashqi (hududiy) iqtisodiy 
munosabatlarini anglatadi. 

Yüklə 279,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə