Joylashtirish


II mavzu. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI JOYLASHTIRISH



Yüklə 279,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü279,53 Kb.
#149477
1   2   3   4   5
II mavzu. ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLARNI JOYLASHTIRISH 
QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI


yondashilsa xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi
iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
2.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari 
 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari – mujassamlashuv, 
ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy 
jihatlarga ega. Bunda ishlab chiqarishning hududiy tomoni etakchi rol’ o’ynaydi. 
Shunga qaramasdan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bu jarayonlarni uyushtirgan holda 
o’rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o’ta bilish geografik fikrlashning muhim 
hususiyatidir. 
Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to’planishi geografik jihatdan eng 
avvalo, moddiy sohalar – sanoat, qishloq xo’jalik, transportda yaqqol nomoyon 
bo’ladi. Fan ob’ektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, joylashish 
xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy ob’ektlarning hududiy tashkil etilishi esa xalq 
xo’jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo’ladi. 
 
Mujassamlashuv darajasining yuqori yokia pastligi ayni paytda ma’lum bir 
sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. 
Ixtisoslashuv mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan 
chambarchas boliqdir. Uning uch bosqichi – 
korxona, shahar va tuman 
miqyosidagi 
ixtisoslashuvi, shuningdek, uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot 
va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud. Ixtisoslashuv 
bosqichlari korxona, shahar va tumanlarning mehnat taqsimotidagi o’rnini belgilab 
beradi, turlari esa, bir-biri bilan uzviy bog’gliq bo’lib, turli hududiy bosqichda 
o’zgacha xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv natijada xalq xo’jaligi tarmoqlari 
vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional turlari shakllanadi. 
Kooperatsiya
– bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi 
bo’lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi 
korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga boliq bo’ladi. 
Kombinatsiya
– kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. 


Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi 
tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo’lsa, kombinatsiyada aksincha, xom 
ashyo bir bo’lib, undan olingan mahsulot turlicha bo’ladi. Kombinatlashuv ma’lum 
turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlagan holda mahsulotlar ishlab 
chiqarishni anglatadi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil 
etishning barcha shakllaridan to’gri va oqilona foydalanish zarur.

Yüklə 279,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə