K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Bilak (antebrachium). Sohaning yuqori chegarasi – уelka suyagi medial va lateral tepachalarini birlashtiruvchi chiziqdan 4 sm pastda, pastki chegarasi – bilak suyaklarining bigizsimon o‘simtalaridan 1 sm yuqorida o’tadi. Уelka suyagining medial va lateral tepachalaridan bilak hamda tirsak suyaklarining bigizsimon o‘simtalariga tushirilgan ikkita vertikal chiziqlar orqali bilak sohasi ikki sohaga: oldingi va orqa sohalarga bo‘linadi.
Bilakning oldingi sohasi (regio antebrachialis ant.). Terisi yupqa, harakatchan bo‘lib, medial tomondan bilakning medial teri nervi bilan, lateral tomondan bilakning lateral teri nervlari bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasida bilak suyagi tomonida lateral teri osti venasi, tirsak suyagi tomonida medial teri osti venasi bilan bilakning medial teri osti nervlari o’tadi. Ayrim vaqtlarda bularning orasida oraliq teri osti venasi (v.intermedia antebrachii) joylashadi.
Bilak fastsiyasi (fascia antebrachii) bilakdagi hamma mushaklarni, qon tomir va nervlarni hamda bilak suyaklarini o‘rab, ikkita mushaklararo to‘siqlarni hosil qiladi. Buning natijasida bilakda uchta fassial bo‘shliqlar hosil bo‘lib, bularning birinchisiga oldingi, ikkinchisiga – tashqi va uchinchisiga – orqa fassial bo‘shliqlari deyiladi.
Oldingi bilak mushaklararo to‘sig‘i sulcus radialis chizig‘i bo‘ylab, orqadagisi esa m. brachioradialis ning lateral qirrasi bo‘ylab o’tadi. Oldingi va lateral fassial bo‘shliqlar bilakning oldingi sohasi bo‘ylab joylashib, oldingisi orqadan bilak suyaklari hamda suyaklararo parda bilan, oldindan – bilakning xususiy fastsiyasi bilan, tashqaridan – oldingi bilak mushaklararo to‘siqlar bilan va ichkaridan – xususiy fastsiya bilan chegaralanib turadi.
Bu fassial bo‘shliqda mushaklar 4 qavat bo‘lib (8 -rasm) quyidagicha joylashadi: birinchi qavatda m.m. pronator teres, flexor carpi radialis, palmaris longus va flexor capri ulnaris, ikkinchi qavatda m. flexor digitorum supeficialis, uchinchi qavatda mm. flexor digitorum profundus va m. flexor pollicis longus va to‘rtinchi qavatda m. pronator qiabratus. Lateral fassial bo‘shliqni medial tomonidan bilakning oldingi mushaklararo to‘sig‘i, oldindan va lateral tomonidan – xususiy fastsiya va orqadan – bilakni orqa mushaklararo to‘sig‘i chegaralab turadi. Bunda m. brachioradialis, uning ostida va yuqorirog‘ida m. supinator yotadi.
Bilak mushaklari orasida uchta: bilak (sulcus radialis), tirsak (sulcus ulnaris) va o‘rta (sulcus medianus) mushak egatchalari
tafovut qilinadi. Bilak egatchasi- bilakning yuqori qismida уelka- bilak yumaloq pronator mushaklari orasida hosil bo‘ladi. Tirsak egatchasi – kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushak bilan panjani bukuvchi yuza mushaklar orasida hosil bo‘ladi. Va, nihoyat, o‘rta egatcha – faqat bilakning pastki uchdan bir qismida bo‘lib, kaftni bilak tomonga bukuvchi mushakning payi bilan, panjani bukuvchi yuza mushakning paylari orasida hosil bo‘ladi.
Bilakning oldingi yuzasidan to‘rtta qon tomir va nerv tutamlari o’tadi (9-rasm). Bilak arteriyasi o‘zining ikkita venasi hamda bilak nervining yuzaki tarmog‘i bilan birgalikda bilak egatchasida yotadi.
Bunda nerv arteriyaning lateral tomonida joylashib, uni bilakning pastki uchdan bir qismigacha kuzatib boradi. So‘ngra уelka –bilak mushagi payining tagiga o’tib, bilak fastsiyasini teshib o’tadi va panja oldi hamda panja sohalarining teri osti yog‘ to‘qimalarida tarmoqlanadi. Bilak arteriyasining tashqi tasviriy chizig‘i tirsak chuqurchasining o‘rtasidan, bilak suyagi bigizsimon o‘simtasining medial qismiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi qon tomir va nerv tutamlarini tirsak arteriyasi, uning ikkita venasi va tirsak nervi tashkil qiladi. Butun egatcha bo‘ylab tirsak nervi har doim tirsak qon tomirlarining medial tomonida yotadi. Bilakning yuqori uchdan bir qismida tirsak arteriyasi nervdan ancha uzoqda, yumaloq pronator va panjaning yuzaki bukuvchi mushaklari ostida yotadi. Natijada qon tomirlar tirsak egatchasida, bilakning yuqori va uchdan bir o‘rta qismida bo‘ladi. Shunday qilib, bilakning pastki uchdan ikki qismda tirsak arteriyasini tashqi tasviri, уelkaning medial do‘mboqchasidan no‘xatsimon suyakkacha o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda, tirsak nervining tasviri shu chiziqning butun uzunasiga to‘g‘ri keladi. Bilakning proksimal qismida tirsak o’zidan umumiy suyaklararo arteriyasi (a. interossaуe communis) beradi. Keyinchalik bu arteriya oldingi va orqa suyaklararo arteriyalarga (a. interossae anterior et posterior) bo‘linadi. Bularning oxirgisi suyaklararo boylamni teshib, bilakning orqa sohasiga o’tadi.


Tirsak nervi, tirsak egatchasiga, tirsakning orqa sohasidan kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushakning boshchalari orasidan o’tib keladi. U shu mushak bilan panjalarni bukuvchi chuqur mushaklarga o‘zidan harakatlantiruvchi tolalarini beradi. Bilakning o‘rta uchdan bir qismida undan yana kaftga (r. palmaris) va panjaning orqa yuzasiga (r. dorsalis) tolalari chiqadi.
Oxirgi tolasi ichkari tomonga burilib, tirsak suyagi bilan kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushak orasidan o’tgach, bilakning xususiy fastsiyasi orqali kaft sohasidan panjaning orqa tomoniga o’tadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə