K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Deltasimon sohasi (regio deltoidea). Sohaning chegarasi shu mushakning joylashgan o‘rniga to‘g‘ri keladi. Tashqi belgilaridan yaxshi paypaslanadigan kurakning akromion va tumshuqsimon o‘simtalarini ko‘rsatib o’tish kifoyadir.
Terisi orqa tomonlarida qalinroq, oldinda esa yupqaroq bo‘ladi. Teri osti yog‘ to‘qimasida shu sohani innervatsiya qiladigan yuza nervlar: yelkaning yuqori lateral teri nervi (n. cutaneus brachii lateralis superior) va bo‘yin chigalidan chiquvchi orqa o‘mrov usti nervi bilan qo‘ltiq osti nervining tolasi (n. supraclaviculares rosteriores) uchraydi. Yuzaki fastsiya umumiy tana yuza fastsiyasining davomi bo‘lib, deltasimon sohani qoplab o’tadi. Xususiy fastsiyasi o‘mrov suyagining tashqi qismidan, kurak do‘mbog‘i va kurak qirrasidan boshlanib, deltasimon mushakka qin hosil qilgach, yelka suyagining deltasimon do‘mbog‘iga birikadi. Mushak ostida yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i (spatium subdeltoideum) bo‘lib, unda yog‘ to‘qimadan va yelka suyagiga birikadigan mushaklar payidan tashqari, sinovial xaltalar, qon tomirlar va nervlar joylashadi.
Yelka suyagining katta do‘mbog‘iga qirra usti, qirra osti va kichik yumaloq mushaklar birikadi. Kichik do‘mbog‘iga esa kurak osti mushagi birikadi. Do‘mboqlararo egatchadan (sulcus intertubercularis) do‘mboqlararo sinovial qin (vagina sunovialis intertubercularis) bilan o‘ralgan ikki boshli mushak uzun boshchasining payi o’tadi. Shu payning ichkari tomonida ikki boshli mushak boshchasining va tumshuq – yelka mushaklarining paylari joylashadi.
Hali aytganimizdek, deltasimon mushak ostida sinovial xaltalar joylashadi. Ularning eng kattasi deltasimon osti xaltasi (bursa subdeltoidea) hisoblanib, qirra osti mushagi payining va yelka suyagi katta do‘mbog‘ining oldingi yuzasida joylashadi. Kurak do‘mbog‘i ostidan va qirra usti mushagining payidan yuqoriroqda, akromion osti xaltasi (bursa subacromialis) o‘rin oladi. Kurak osti mushagining kurak osti mushagi payi xaltasi (bursa subtendinea m. subscapularis) tumshuqsimon o‘simtaning asosida joylashgan bo‘lib, kurak osti mushagi payining tagida hosil bo‘ladi va yelka bo‘g‘imi bilan aloqada bo‘ladi.
Qo‘ltiq osti nervi (n. axillaris) bu уerga yelka suyagini aylanib o’tuvchi orqa arteriyasi bilan birga, qo‘ltiq osti chuqurchasidan uning to‘rt tomonli teshigi orqali kirib keladi. Nerv o‘zining harakat tolalari bilan deltasimon va kichik yumaloq mushaklarni ta'minlaydi hamda yelka bo‘g‘imiga ham o‘zining tolasini beradi. Bundan tashqari, bu nerv o‘zidan yelkaning tashqi teri tarmog‘ini ham beradi. Yelka suyagining aylanib o’tuvchi oldingi va orqa arteriyalari, yelka suyagining jarrohlik bo‘yinchasi sohasida bir - biri bilan anastomoz hosil qiladi va deltasimon mushakka hamda yelka bo‘g‘imiga o‘z tarmoqlarini beradi.
Deltasimon osti yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i, qon tomirlar va nerv tutamlari bo‘ylab to‘rt tomonli teshik orqali qo‘ltiq osti chuqurchasi yog‘ to‘qimasi bilan hamda kurakning qirra usti va qirra osti chuqurchalari bilan aloqada bo‘ladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə