K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Pulda ifodalash tamoyili. 
Bu tamoyil barcha aktiv va passivlarni, yuz bergan 
operatsiyalarni milliy valyutada, ya‘ni sum va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi. 
Ehtiyotkorlik yoki konservatizm tamoyili. 
Bu tamoyil korxona hisobotida 
aktivlar va daromadlarni kam (ko‗p) qilib ko‗ rsatmaslikni, shu bilan birga majburiyatlarni 
yoki harajatlarni ko‗p (kam) qilib ko‗rsatmaslikni ifodalaydi. Ushbu tamoyilni qo‗llash 
yashirilgan rezervlarni vujudga keltirish, biron maqsadda aktiv yoki foydani kamaytirib 
(ko‗paytirib) ko‗rsatish, harajat va majburiyatlarni ko‗paytirib (kamaytirib) ko‗rsatish 
huquqini bermaydi. 
Hisobot davri raromad va harajatlarining mosligi tamoyili
. Bu tamoyil hisobot 
davri harajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 
Mazmunni shakldan ustunlik tamoyili.
Bu tamoyil korxona aktivlarini huquqiy 
maqomi bo‗ yicha emas, balkim ularning iqtisodiy mazmuni, egalik qilish huquqini 
berilish vaqtiga ko‗ra hisobga olish va balansga kiritishni ifodalaydi. Masalan, tovar–
moddiy boyliklar korxonaga kelib tushgan sanadan boshlab, ular uchun xaq to‗langan 
yoki to‗lanmagan bo‗ lishidan qat‘iy nazar, korxona aktivlari tarkibiga kiritiladi va 
balansga olinadi. Uzoq muddali ijaraga olingan asosiy vositalar ham ularning haqi 
to‗lanishi muddatidan qat‘iy nazar korxona balansiga olingan kundan boshlab kiritiladi. 
Neytrallik tamoyili. 
Bu tamoyil moliviy hisobotni bironta shaxs manfaatlari uchun 
boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 
Aniqlilik tamoyili. 
Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir summani qat‘iy hujjatli 
asosga ega bo‗lishligini bildiradi. 
Ahamiyatlilik tamoyili. 
Bu tamoyil hisobda shakllangan ma‘lumotlarni 
foydalanuvchilarning axborotga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatliligini 
bildiradi. 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə