K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


II-bob. BUXGALTERIYA HI SOBI NING METODI VA UNDA



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

II-bob. BUXGALTERIYA HI SOBI NING METODI VA UNDA 
QO„LLANILADIGAN USULLAR 
 
Buxgalteriya hisobi xo‗jalik faoliyati jarayonlari, aktivlar, ularning manbalari va 
oxirgi moliyaviy natijalarni aks ettirishni makon va zamonda, dialektik harakatda
amalga oshiradi. Aynan shunday yondashish buxgalteriya hisobining metodini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodining mohiyati unda qo‗llaniladigan usullarda yorqin 
namoyon bo‗ladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi: 
1.
Buxgalteriya balansi 
2.
Buxgalteriya hisobi schetlari 
3.
Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv 
4.
Baholash 
5.
Kalkulyatsiya 
6.
Hujjatlashtirish 
7.
Inventarizatsiya 
8.
Moliyaviy hisobot 
Ushbu bobda buxgalteriya hisobining yuqorida keltirilgan usullarining mohiyatiga, 
ularni qo‗llanilishiga to‗xtalamiz.
2.1. Buxgalteriya balansi 
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‗lib mulkga egalik qilish 
huquqini ifodalovchi 
Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar 
matematik tenglikni hamma vaqt ta‘ minlab berish va saqlash hisoblanadi.


24 
Ushbu tenglikni ta‘ minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma‘lum bir 
davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‗ich holatini 
bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan
yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli bo‗lib buxgalteriya balansi hisoblanadi. 
Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‗zi yotadi. Bu so‗ z lotincha 
«bis
», ya‘ni 
«
ikkita
» va «
lanx
», ya‘ni 
«tarozi pallasi
» so‗ zlaridan olingan bo‗lib, o‗zaro tenglik, bir 
xillik ramzi hisoblanadi.
Shuni ta‘ kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‗zi 
na faqat tenglik mazmunida, balkim davlat ahamiyatiga molik muhim buxgalteriya hisobi 
hujjati sifatida ham talqin etiladi. O‗zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Uning shakli, tarkibi va tuzish tartibi Moliya Vazirligining 2002 yil 
27 dekabrdagi 140- son buyruq bilan tasdiqlangan « Moliyaviy hisobot shakllarini 
to‗ldirish Qoidalari» bilan, balansni taqdim etish tartibi esa Moliya Vazirligining 2000 
yil 15 iyundagi 47- son buyrug‗i bilan tasdiqlangan « Choraklik va yillik moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‗g‗risida Nizom» da belgilangan. 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə