K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Buxgalteriya hisobi schyotlari



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

2.2. Buxgalteriya hisobi schyotlari 
Korxona aktivlari va ularning manbalari holati hamda harakatini aks ettirish uchun 
buxgalteriya hisobida «schyotlar» deb nom olgan usul qo‗llaniladi.
Schyotlar 
– bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat, 
foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‗ich va oxirgi), shuningdek 
ularning shu davrdagi harakati (ko‗payishi va kamayishi) to‗g‗ risidagi ma‘ lumotlarni pul 
ifodasida aks ettirish usuli. 
Buxgalteriya hisobida uning har bir ob‘ektini aks ettirish uchun alohida schyotlar 
ko‗zda tutiladi. Har bir schyot o‗zining tartib raqamiga va aniq nomiga ega bo‗ladi. 
Odatda, schyotning nomi ob‘ektning nomi bilan bir hil bo‗ ladi. Misol uchun, asosiy 
vositalarni aks ettirish uchun aynan shunday nomdagi № 0100, kassadagi pul 
mablag‗larini aks ettirish uchun «Kassadagi pul mablag‗lari» nomli № 5000 - schyot 
va boshqa shu kabi schyotlar ko‗zda tutiladi. Barcha qo‗llaniladigan schyotlarning tartib 
raqamlari va aniq nomlari maxsus schyotlar rejasida o‗z aksini topadi. 
Schyotlar rejasi. 
Schyotlar rejasi –bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 
moliyaviy xo‗jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‗llaniladigan 
schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‗zbekiston Respublikasida schyotlar rejasi va uni 
qo‗llash bo‗ yicha yo‗ riqnoma davlat ahamiyatiga molik me‘eriy hujjat hisoblanadi. 
Ushbu me‘ yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan. 
Respublikamiz xalq xo‗jaligi tarmoqlarida ularning xususiyatlarini e‘tiborga olgan 
va o‗zida mujassamlashtirgan quyidagi uchta turdagi schyotlar rejasi qo‗llaniladi: 
Davlat byudjetidagi muassasalari moliyaviy–xo‗jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobining schyotlari rejasi. 
Banklar moliyaviy –xo‗jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi. 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar moliyaviy-xo‗ jalik faoliyati buxgalteriya hisobining 
schyotlari rejasi. 
Quyida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar moliyaviy-xo‗jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobining schyotlar rejasiga to‗xtalib o‗tamiz. 
«Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar moliyaviy-xo‗jalik faoliyati buxgalteriya hisobining 
schyotlari rejasi va uni qo‗llash bo‗ yicha yo‗riqnoma» Moliya Vazirligi tomonidan 
maxsus 21- sonli BHMS sifatida birinchi marta 2000 yil 30 martda 37- son buyruq bilan 
tasdiqlandi. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son buyruq bilan Moliya Vazirligi ushbu BXMS 
ni yangi tahrirda qayta tasdiqladi, u O‗ zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181 – son tartib raqami bilan ro‗ yxatdan o‗tdi. 
21- son BXMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi oltita qism, o‗nta bo‗limdan 
iborat, u o‗z ichiga 208 ta balans schetlarini, 40 ta moliyaviy natijalar hisobotini tuzishga 
mo‗ljallangan schyotlarni va 14 ta balansdan tashqari schyotlarni oladi. Schyotlar 
rejasida buxgalteriya hisobi schyotlari moliyaviy hisobotning shakllari bo‗lgan 
buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‗ g‗risida hisobotning tarkibiy elementlariga 
mos ravishda quyidagi qism va bo‗limlarga ajratilgan. 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə