K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Buxgalteriya balansi 
Tuzilgan 
sanasiga ko‗ra 
1.Kirii (ta‘ sis) balansi 
2.Boshlang‗ich balans 
3.Hisobot balansi 
4.Tugatish balansi 
5.Birlashtirish va ajratish balansi 
Ma‘lumotlarni 
jamlashiga ko‗ra 
1.Yig‗ ma balans 
2.Alohida balans 
3.Konsolidatsiyalashtirilgan balans 
Sub‘ektlarni 
moliyalashtiri-
lishiga ko‗ ra 
1.Davlat byudjetidagi muassasalar
balansi 
2.Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar
balansi 
Ma‘lumotlarni 
jamlash 
sikllariga 
ko‗ra 
1.Sinov balansi 
2.Tuzatilgan sinov balansi 
3.Yakuniy balans 
Regulirovka 
schyotlar 
ma‘ lumotlarini 
hisobga 
olganiga ko‗ra 
1.Balans –brutto 
2.Balans -netto 


27 
 
Boshlang„ich balans
deganda hisobot davri boshiga, 
hisobot balansi
deganda esa 
hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun
boshlang‗ich balans bo‗lib hisoblanadi. 
Tugatish balansi
– korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans.
Birlashtirish balansi
– ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo‗shilganda 
qo‗shilish sanasiga tuzilgan balans.
Ajratish balansi
– bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib 
chiqganda bir – biriga mablag‗larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans. 
Ma‟lumotlarni jamlash darajasiga ko„ra
balans yig‗ ma va alohida balans turlariga 
bo‗linadi. 
Yig„ma balans
- bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini gorizontal holda 
jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu 
kabi yuqori organlar tomonidan tuzilgan balans.
Alohida balans
–bu har bir ho‗jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan tuzilgan balans. 
O‗z qaramog‗ida sho‗‘ba xo‗jalik jamiyatlariga ega bo‗lgan bosh korxonalar
konsolidatsiyalashtirilgan balans
tuzadilar. Bu balansni mohiyati va tuzish tartibiga 
13- bobda to‗xtalamiz.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab
balans bir biridan tubdan farq qiladigan 
davlat byudjetidagi muassasalar balansi va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar balansiga
bo‗linadi. 
Hisob ma‟lumotlarini jamlash sikllariga ko„ra
sinov balansi, tuzatilgan sinov 
balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin. 
Sinov balansi
– bu vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek 1 
yanvargacha ayrim schetlar bo‗ yicha hisob-kitoblar ma‘lum sabablarga ko‗ra oxirigacha 
amalga oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans. Bunday balansni tuzish tartibi
chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan. 
Tuzatilgan sinov balansi - 
mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‗ng, lekinda 
vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan balans. 
Yakuniy balans
– bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar
to‗g‗risidagi hisobot va taqsimlanmagan fayda to‗g‗risidagi hisobotlarning mahlumotlari 
e‘tiborga olinib tuzilgan balans.
Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng 
tarqalgan. 
Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto 
tuzilishi mumkin. 
Balans- brutto
- bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish 
summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‗ yicha mavjud rezerv 
summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining 
real qiymatini ifoda etmaydi. 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə