38
di, porshen, klapanlar va porshen halqalari kuyadi, silindr-porshen
guruhi detallari hamda tirsakli val podshipniklarining vkladishlari
yeyilishi tezlashadi.
Detonatsiya jarayonining jadalligi ishchi aralashmaning qan
-
day qismi portlab yonishiga bog‘liq. Ishchi aralashmaning 5
foizi
portlab yonishi bilanoq kuchsiz detonatsiya hosil bo‘ladi (bunday
detonatsiya boshqa silindrlarga o‘tmasligi aniqlangan); ishchi ara-
lashmaning 10–12 foizi portlab yonganida o‘rtacha shiddatli deto-
natsiya; 18–20 foizi portlab yonganida esa kuchli detonatsiya hosil
bo‘ladi. Kuchli detonatsiya boshqa silindrlarga tarqaladi, natijada
dvigatel detallari tez yeyiladi, yonilg‘i ortiqcha sarflanadi, hatto
dvigatelni ishdan chiqarishi ham mumkin.
Benzinning kimyoviy tarkibi detonatsion
yonishning asosiy sa-
babi hisoblanadi. Detonatsion yonish jarayoni organik peroksid li
birikmalar hosil bo‘lish nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazari-
yaga binoan kislorod molekulalari oksidlanish davrida uglevodorod
radikaliga batamom birikadi va quyidagi tipdagi peroksidli birik-
malar hosil qiladi: dialkil-peroksid yoki gidroperekis. Bunda yo-
nish ikki fazaga bo‘linadi. Birinchi fazada harorat va
bosim oshi-
shi natijasida uglevodorodlar alangasining oldi oksidlanishi bilan
xarakterlanadi, ikkinchi fazada alangali yonish davom etadi. Bu
fazada aralashma yonishi va alanga fronti hosil bo‘lishi natijasida
oksidlanish tezligi keskin oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mida harorat hamda bosim yana-da oshadi. Aralashma yonishining
kengayishi natijasida oksidlanish tezligi to‘zonli xarakterga o‘tadi
va uning konsentratsiyasi aralashmaning yonmagan qismida
kritik
miqdorni tashkil etadi. Mana shu paytda aralashma portlab yona-
di, ya’ni detonatsiya bilan yonadi. Bu holda alanganing tarqalish
tezligi sakrashsimon oshib boradi va tovush
tezligidan oshib keta-
di. Bu paytda hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari alanga frontidan o‘zib
ketmaydi, u bilan to‘g‘ri mos qo‘shilib detonatsiya to‘lqinlarini
kuchaytiradi.
Ishchi aralashmaning normal yonishida ham peroksidli birikma-
lar hosil bo‘ladi, ammo ularning konsentratsiyasi aralashmaning
yonmagan qismida kritik miqdorga ega bo‘lmaydi.
39
Dvigatelning ish sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan detonatsiyani
birmuncha kamaytirish mumkin, lekin butunlay yo‘qotib bo‘lmay-
di. Detonatsiya bo‘lmasligi uchun har bir turdagi dvigatel uchun
benzinni to‘g‘ri tanlash lozim.
2. 6.
Dostları ilə paylaş: