K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Benzinni haydash oxiridagi harorat (OH)ning



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Benzinni haydash oxiridagi harorat (OH)ning 
dvigatel detallarining yemirilishiga ta’siri. 
Shu bilan birgalikda, to‘yingan bug‘ bosimi yuqori bo‘lgan 
yonilg‘ilarni  ishlatish  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  ta’min
-
lash tizimida bug‘ tiqini hosil bo‘lishi mumkin. Buning natijasida 
silindr larning to‘ldirilishi pasayadi va oqibatda dvigatelning quv-
vati pasayadi. Bundan tashqari, benzinni saqlash va tashish vaqtida 
uning ko‘p qismi bug‘lanib isrof bo‘ladi. 


36
2. 5.
 Yonilg‘ining normal va detonatsion yonishi
Yonilg‘ining yonishi dvigatelda sodir bo‘ladigan asosiy ja-
rayondir.  Dvigatelning  texnik­iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  silindrda 
yonilg‘ining yonish jarayoni qanday kechishiga bog‘liq. Yonish ja-
rayonining to‘g‘ri kechishi bir qator omillarga bog‘liq. Jumladan, 
dvigatelning konstruktiv xususiyatlari, yonilg‘ining kimyoviy 
tarkibi, ishchi aralashmaning tarkibi, bosim va harorati, uchqun 
berilishi va boshqalar. 
Siqish taktining oxirida svechadan uchqun chiqqanida alanga-
lanishdan oldin yonilg‘ining oksidlanish reaksiyalari sodir bo‘ladi 
va dvigatelning yonish kamerasidagi ish aralashmasi o‘t oldirish 
svechasi yaqinida yona boshlaydi. Ish aralashmasining yonishi va 
yonish jarayoni normal kechganida yonilg‘ining bir qismi alanga-
lanib, alanga frontining siljishi ishchi aralashmaning issiqlik o‘tka-
zuvchanligi, issiqlik uzatish va nur tarqatish hisobiga kengayib 
boradi (2. 8- rasm). 
Yonish natijasida bosim oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mi alanga oldiga siljiy boradi. Normal yonishda alanga 25–40 m/s 
tezlikda tarqaladi. Yonish tezligi harorat va bosim ko‘tarilishi, 
shuningdek, ishchi aralashma biroz quyuqlashishi bilan yana-da 
ortadi. Yonish tezligining maksimal qiymati havoning ortiqchalik 
koeffitsiyenti  (
α
/0,93–0,95)ga to‘g‘ri keladi. 
Normal yonishda butun yonish davrida yonish tezligi taxminan 
bir xil bo‘ladi, dvigatel silindridagi bosim esa yonish mahsulla-
rining kengayishi natijasida asta-sekin ortadi va y. ch. n. yaqinida 
maksimal qiymatga erishadi. Porshen p. ch. n. ga qarab siljiydi, 
yonish mahsullari egallagan hajm kengayadi, natijada dvigatel 
ravon va normal ishlaydi. 
Dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasining oshib borishi ish
-
chi aralashmani uyurma to‘lqinli harakatini kuchaytiradi, bu esa 
alanga fronti sirti va yonish tezligini oshiradi. Dvigatel si lindrida 
aralashmani normal yonishida bosim bir tekisda o‘sib boradi 
(2. 8- rasm). 
37
2. 8- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə