K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Ish aralashmasining yonish sxemasi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Ish aralashmasining yonish sxemasi:

yongan aralashma

– alanga fronti; 

– alangasiz yonish zonasi; 

– yonmagan aralashma. 
Ba’zi hollarda (ayniqsa, siqish darajasi yuqori bo‘lgan 
dvi      gatellar  uchun  noto‘g‘ri  benzin  tanlanganida)  yonish  jarayoni 
kes  kin o‘zgarishi mumkin. Yonuvchi aralashmaning bosimi va 
haro  ra  tining ko‘tarilishi yonish tezligini oshirishi mumkin. Bunda 
chala yongan yonilg‘i uglevodorodlarining oksidlanish jarayoni 
tez lashadi 
(3- 
va 
4- 
zonalar), normal yonish tartibi buzilib, portlab 
yonishga o‘tish, ya’ni detonatsion yonish sodir bo‘lishi mumkin. 
Detonatsion  yonishda  alanga  frontining  tarqalishi 
(4- 
zona) 
juda katta tezlikda 1500–2500 m/s kechadi. Yonish kamerasining 
bo‘shlig‘i katta bo‘lmaganligidan elastik detonatsion to‘lqinlar 
yonish kamerasi devorlariga takror-takror uriladi va ulardan qaytib, 
dvigatelni tebratadi, bunda detonatsiya uchun xos bo‘lgan metall 
ovozi chiqadi. 
Yonilg‘ini portlab yonishidan uning bir qismi yonishga ulgura 
olmaydi va chiqarish trubasidan qora tutun chiqishiga sabab bo‘la-
di. Qizdirilgan gazlarning yonish kameralari devorlariga urilishi 
natijasida issiqlik tarqatish kuchayadi, bu esa dvigatelning qizishiga 
va quvvatining pasayishiga sabab bo‘ladi. Dvigatel notekis ishlay
-


38
di, porshen, klapanlar va porshen halqalari kuyadi, silindr-porshen 
guruhi detallari hamda tirsakli val podshipniklarining vkladishlari 
yeyilishi tezlashadi. 
Detonatsiya  jarayonining  jadalligi  ishchi  aralashmaning  qan
-
day qismi portlab yonishiga bog‘liq. Ishchi aralashmaning 5 foizi 
portlab yonishi bilanoq kuchsiz detonatsiya hosil bo‘ladi (bunday 
detonatsiya boshqa silindrlarga o‘tmasligi aniqlangan); ishchi ara-
lashmaning 10–12 foizi portlab yonganida o‘rtacha shiddatli deto-
natsiya; 18–20 foizi portlab yonganida esa kuchli detonatsiya hosil 
bo‘ladi. Kuchli detonatsiya boshqa silindrlarga tarqaladi, natijada 
dvigatel  detallari  tez  yeyiladi,  yonilg‘i  ortiqcha  sarflanadi,  hatto 
dvigatelni ishdan chiqarishi ham mumkin. 
Benzinning kimyoviy tarkibi detonatsion yonishning asosiy sa-
babi  hisoblanadi.  Detonatsion  yonish  jarayoni  organik  peroksid li 
birikmalar hosil bo‘lish nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazari-
yaga binoan kislorod molekulalari oksidlanish davrida uglevodorod 
radikaliga batamom birikadi va quyidagi tipdagi peroksidli birik-
malar hosil qiladi: dialkil-peroksid yoki gidroperekis. Bunda yo-
nish ikki fazaga bo‘linadi. Birinchi fazada harorat va bosim oshi-
shi natijasida uglevodorodlar alangasining oldi oksidlanishi bilan 
xarakterlanadi, ikkinchi fazada alangali yonish davom etadi. Bu 
fazada aralashma yonishi va alanga fronti hosil bo‘lishi natijasida 
oksidlanish tezligi keskin oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mida harorat hamda bosim yana-da oshadi. Aralashma yonishining 
kengayishi natijasida oksidlanish tezligi to‘zonli xarakterga o‘tadi 
va uning konsentratsiyasi aralashmaning yonmagan qismida kritik 
miqdorni tashkil etadi. Mana shu paytda aralashma portlab yona-
di, ya’ni detonatsiya bilan yonadi. Bu holda alanganing tarqalish 
tezligi sakrashsimon oshib boradi va tovush tezligidan oshib keta-
di. Bu paytda hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari alanga frontidan o‘zib 
ketmaydi, u bilan to‘g‘ri mos qo‘shilib detonatsiya to‘lqinlarini 
kuchaytiradi. 
Ishchi aralashmaning normal yonishida ham peroksidli birikma-
lar hosil bo‘ladi, ammo ularning konsentratsiyasi aralashmaning 
yonmagan qismida kritik miqdorga ega bo‘lmaydi. 
39
Dvigatelning ish sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan detonatsiyani 
birmuncha kamaytirish mumkin, lekin butunlay yo‘qotib bo‘lmay-
di. Detonatsiya bo‘lmasligi uchun har bir turdagi dvigatel uchun 
benzinni to‘g‘ri tanlash lozim. 
2. 6.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə