K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Yonilg‘ini haydash oxiridagi haroratning (OH)



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yonilg‘ini haydash oxiridagi haroratning (OH)
benzin sarfi 

ga bog‘liqlik grafigi. 
Benzinning yonmagan fraksiyalarini silindr devorlariga o‘tirib 
qolishi, silindr devorlaridagi moyni yuvib karterga tushirishi va, shu 
bilan birga, moyni suyultirishi yana­da xavflidir. Ishchi yuzalardagi 


34
moyning yuvilishi oqibatida dvigatel detallari yuqori jadallik bilan 
yemiriladi. 
Dvigateldagi  moyning  suyulishini  ham  nomogrammadagi 
t
90%
 
miqdordan foydalanib baholash mumkin. 2. 5- rasmdan ko‘rinadiki, 
t
90%
 = 181°C da tashqi havo harorati minus 5°C dan yuqori bo‘lgani-
da dvigatel karteridagi moyning suyulishi sezilarsiz bo‘ladi. Minus 
5°C va undan past haroratlarda, nomogrammada keltirilgan eng past 
harorat minus 30°C gacha, moy sezilarli darajada suyuladi. Haro-
rat bundan past bo‘lganida dvigatelni ishga tushirish uchun maxsus 
yurgazib yuborish yonilg‘ilari va qurilmalari talab etiladi. 
Shunga qaramasdan, yonilg‘i tarkibida osongina bug‘lanadi-
gan  fraksiyalarning  juda  ko‘p  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq  emas. 
Bu holda dizel dvigatellarida yonilg‘i kuchli yonadi, karburatorli 
dvigatellarning yonilg‘i naychalarida bug‘lar tiqilib qoladi, buning 
natijasida dvigatel me’yorida ishlamaydi (o‘ta qizib ketadi, quv-
vati pasayadi, ba’zan to‘xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgazib 
yuborish mumkin bo‘lmaydi). Bu hodisa, ko‘pincha, qishki ben-
zinlarni yozda ishlatganda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham yengil 
fraksiyalarning miqdori cheklanadi: benzinning qaynay boshlash 
harorati 35°C dan past bo‘lmasligi lozim. Benzinning qaynay bosh-
lash haroratining juda ham pasayib ketishi tufayli yonilg‘i yonilg‘i 
bakidan karburator tomon so‘rilganida karburatorga yetmasdanoq 
qizigan detallar issiqligi ta’sirida bug‘lana boshlashi mumkin. Bu-
ning natijasida, yuqorida aytib o‘tilganidek, yonilg‘i o‘tkazgichla-
rida yonilg‘i bug‘lari tiqini hosil bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə