K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Benzinning kimyoviy turg‘unligi
Benzin tarkibidagi komponentlarning kimyoviy ta’sirlashishi, 
avvalambor, to‘yinmagan uglevodorodlarning oksidlanishi nati-
jasida, benzin o‘z xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Termik va 
katalitik kreking usulida olingan benzinlarni tashish va saqlashda 
benzin tarkibidagi olefinlar oksidlanadi va naften kislotalar hamda 
smolalar hosil qiladi. Natijada ma’lum vaqt o‘tishi bilan benzin-
ning kislotaliligi ortadi va rangi dastlab sariq, keyinchalik esa och 
jigarrang tusga kiradi. Shu bilan birga, benzin saqlanayotgan idish 
devorlarida smolasimon moddalar qatlami hosil bo‘ladi. 
Yonilg‘i tarkibidagi smolalar yonilg‘i baklariga va quruvlar 
devorlariga o‘tiradi, karburatorli dvigatellar jiklorlarini berkitib 
qo‘yadi. Smolali birikmalar karburatorli dvigatellar chiqarish 
kollektorlarining issiq devorlarida, klapanlar va porshenlar tubida, 
yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham 
to‘planadi. Qurumlar ko‘p to‘planganda dvigatel detallarining ye-
yilishi ortadi, yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg‘i 
sarfi ortadi, ba’zan dvigatel butunlay ishdan chiqadi. 
Yonilg‘ining oksidlanish va smolalar hosil bo‘lishiga moyilligi 
induksion davr 
bilan baholanadi. Induksion davr deganda, quruq va 
toza kislorod muhitida 0,7 MPa bosim ostida hamda 100°С haro
-
ratda benzinning o‘z tarkibini o‘zgartirmasdan (oksidlanmasdan) 
saqlanish davri tushuniladi. Bu davr minutda o‘lchanadi. Turli mar-
kadagi benzinlar uchun induksion davr qiymati 600–900 daqiqaga, 
sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng. 
Benzinning induksion davri qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik 
turg‘un bo‘ladi va uni shunchalik uzoq muddat saqlash mumkin. 
Quyida shimoliy, mo‘tadil va janubiy iqlim sharoitlarida avtomo-
bil benzinlarining ruxsat etilgan saqlash muddatlari (yil hisobida) 
keltirilgan:
Sig‘imlarda:
yer osti va yarim yer ostiga o‘rnatilgan  ..........................6       5        4


44
yer ustiga o‘rnatilgan  ......................................................5       4        3
Bochkalarda  .........................................................................4       3        2
Yonilg‘i baklarida .................................................................2     1,5    0,5
Benzinning ruxsat etilgan saqlash muddatining minimal qiy-
mati (yarim yil) yonilg‘ini saqlash noqulay bo‘lgan janubiy iqlim 
sharoitiga (bochkalarda), saqlash muddatining maksimal qiymati 
(6 yil) esa yonilg‘ini saqlash qulay bo‘lgan shimoliy sharoitiga (yer 
ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda) to‘g‘ri keladi. 
Benzinning smolaliligi uning tarkibidagi haqiqiy smolalar miq-
dori bilan aniqlanadi. 
Standartlarda haqiqiy smolalarning miqdori me’yorlanadi. Ular-
ni aniqlashning mohiyati ma’lum miqdordagi yonilg‘ini issiq havo 
bilan yuqori haroratda (150°C) bug‘lantirishdan iborat. Yonilg‘i 
bug‘latilganidan keyin qolgan qoldiq smola miqdorini bildiradi. U 
100 ml yonilg‘i hisobiga milligrammda o‘lchanadi. 100 ml yonilg‘i 
tarkibidagi smola miqdori benzinning turli markalari uchun quyi-
dagi qiymatlardan ortmasligi lozim: A–72 va A–76 markalardagi 
benzinlar uchun 15 mg; АИ–93 markali benzinlar uchun 10 mg. 
Agar haqiqiy smolalarning miqdori standartlarda ko‘rsatilgan-
dek bo‘lsa, dvigatellar ko‘p miqdorda smola va qurum hosil qil-
masdan uzoq muddat ishlaydi. Ko‘pincha yonilg‘i tarkibida smo-
lalar ancha ko‘p bo‘ladi. Agar u me’yordan ikki-uch marta ko‘p 
bo‘lsa, karburatorli dvigatelning motoresursi 20–25 foiz kamayishi 
isbotlangan. 
Agar benzin tarkibidagi haqiqiy smolalar miqdorining ortishiga 
qarshi zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa, bir necha haftadan so‘ng 
benzin tarkibida smolalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 
tarkibida termik yoki katalitik kreking fraksiyalar bo‘lgan benzin 
tarkibiga zavod sharoitida maxsus oksidlanishga qarshi qo‘shil-
malar (antioksidlovchilar) qo‘shish lozim. Antioksidlovchilar (in-
gibitorlar)  sifatida  yog‘ochli  smolalar  (0,05–0,15  foiz),  ФЧ–16 
(0,03–0,10 foiz) yoki paraoksidifenilamin (0,007–0,10 foiz)lar-
dan foydalaniladi. Bu antioksidlovchilarni benzinga ko‘rsatilgan 
45
miqdorda qo‘shish benzinning induksion davrini bir necha baro-
bar orttiradi (2. 9- rasm), benzinning tarkibida smola hosil bo‘lish 
jarayonini birdaniga pasaytiradi (2. 10- rasm) va benzinlar uzoq 
muddat saqlashga yaroqli bo‘ladi. 
2. 9- rasm.
 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə