K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Xorijiy mamlakatlarda ishlatiladigan benzinlar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Xorijiy mamlakatlarda ishlatiladigan benzinlar
Mamlakatning 
nomi
Benzinning nomi
Oktan soni
Tadqiqot usuli
Motor usuli
Avstriya
«Premium» 
«Regular»
97... 98
88... 92
–82... 87
57
2. 4- jadvalning davomi
Angliya
Besh yulduzli 
To‘rt yulduzli 
Uch yulduzli
Ikki yulduzli
100
97
94
90
90... 93
91
86
84... 86
AQSH
«Premium»
«Regular»
Etillanmagan
96... 102
90... 96
91... 93
86... 94
82... 90
82... 85
Braziliya
«Premium» 
«Regular»
90
80
82
73
Germaniya
«Premium» 
«Regular»
98... 99
91... 93
88... 89
84... 86
Italiya
«Premium» 
«Regular»
98... 99
85. . 88
88... 92
82. . 84
Fransiya
«Premium» 
«Regular»
97... 99
89... 91
87... 88
80... 83
2. 12.
 Suvli benzin emulsiyalarini ishlatish
So‘nggi yillarda benzinni tejash va kam oktanli benzinlardan 
oqilona foydalanish maqsadida benzin komponenti sifatida suvdan 
foydalanish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda. 
Suvning ichki yonuv dvigatellaridagi yonish jarayoniga ta’sir 
etish mexanizmi to‘la o‘rganilmagan. Ammo yonilg‘i komponenti 
sifatida suv qo‘shilishi natijasida quyidagi antidetonatsion sama-
radorlikka erishish mumkin: ishchi aralashma zaryadini sovitish
yonish kamerasi detallarini sovitish; suv bug‘ining yonish jarayoni-
ni sozlovchi inert muhit sifatida ta’sir etishi. 
Suv benzinga silindrlar ichiga yoki dvigatelning kiritish tizimi-
ga purkash yo‘li bilan aralashtirilishi mumkin. Shuningdek, ben-
zin-suv emulsiyasi sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda suv-
ning antidetonatsion samaradorligi uni yonilg‘iga aralashtirish 
usuliga bog‘liq emas. 
Suv purkash (benzin miqdoriga nisbatan 10 foiz atrofida) ben
-
zinning oktan soni 8–10 birlikka oshirilishiga ekvivalent bo‘ladi, 


58
buning natijasida benzinning detonatsiyaga qarshi turg‘unligiga 
bo‘lgan talab kamayadi. 
Suvli benzin emulsiyalaridan foydalanish bir qator amaliy ma-
salalarni qay darajada hal etilishi bilan bog‘liq: zarur turg‘unlikka 
ega bo‘lgan suvli benzin emulsiyalarini ishlab chiqish; foydali ak-
tiv sirtga ega bo‘lgan moddalar, ya’ni suvni benzin sirtiga yutilishi-
ni ta’minlovchi moddalar ishlab chiqarish; suvli benzin emulsiyala-
rini ATK sharoitida olish va qo‘llashning oqilona tizimini tashkil 
etish. Tajribalarning ko‘rsatishicha, suvli benzin emulsiyalarining 
qovushoqligi yuqoriligi tufayli ularning tarkibiga 10 foizdan ortiq 
suv qo‘shish mumkin. Aks holda, karburator jiklorlarining teshikla-
rini kattalashtirish talab etiladi. Hozirgi paytda ma’lum aktiv sirtga 
ega bo‘lgan moddalar etillangan benzin asosida turg‘un suvli ben-
zin emulsiyalar olishga imkon bermaydi. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, tarkibida 10–30 foiz suv bo‘lgan 
suvli benzin emulsiyalardan foydalanilganida dvigatelning so-
lishtirma  yonilg‘i  sarfi  7–22  foizga  kamayadi.  Bundan  tashqari, 
dvigatelda ishlatilgan gazlar tarkibidagi uglerod oksidlari miqdori 
2–6 barobarga  kamayadi. 
Suvli benzin emulsiyalarini tayyorlashning bir qancha usullari 
tavsiya etilgan. Bulardan biri uni avtomobilning o‘zida dvigatelining 
kiritish tizimiga ma’lum miqdorda suvga ammoniy oleatini qo‘shib 
purkashdir. Yuqori turg‘unlikka ega bo‘lgan emulsiyalar hosil qilish 
uchun unga murakkab kompozitsiyali aktiv sirtga ega bo‘lgan mod-
dalar qo‘shiladi. Ammo bunda emulsiya hosil qilish uchun suvga 
nisbatan 3 marta ko‘proq modda qo‘shish kerak bo‘ladi. 
Suvli benzin emulsiyalarini olish uchun yana ultratovushli 
gidrodinamik dispergatordan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda ak-
tiv sirtga ega bo‘lgan moddalar sifatida suvning 10 foiz miqdorida 
pentol va ОП–7 larning aralashmasi ishlatiladi. Emulsiyadagi suv­
ning miqdori 10–13 foizni tashkil etadi va bunday aralashmani 
saqlash muddati bir sutkadan ortmaydi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə