Kadirov tulkin baxridinovich



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

FastStone Capture
– ekrandan videoni nafaqat sifatli yozib olish, balki 
ekran rasmlarini olish, tahrirlash va ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgan juda 
ommabop dastur. Dastur yordamida siz video tasvirlar yaratishingiz va butun 
ekranning va uning alohida qismlarining skrinshotlarini olishingiz mumkin. 
Ekrannaya Kamera
– ushbu dastur soddaligi va oddiyligi bilan alohida 
ahamiyatga ega. Hayotda hech qachon biror narsani yozmagan bo‘lsangiz ham – u 
bilan siz buni aniq bilib olasiz. Ekrandagi video tasvirlarni yozib olish uchun 
hamma foydalanuvchilarga oddiy va qulay vosita. Dasturning kamchiligi dastur 
pullik (bepul versiya faqat 10 kun ishlaydi), bepul versiyada, yaratilgan videoda, 
dastur oynasining eng pastki qismida video dasturni sinov versiyasida 
yaratilganligi haqida kichik yozuv bo‘ladi. 
CamStudio
– kompyuter ekranida sodir bo‘lgan barcha narsalarni yozib 
olishga mo‘ljallangan bepul kompyuter dasturi. Sizga bir nechta formatda yozib 
olish imkonini beradi: AVI, MP4 va SWF. Amalda, o‘quv video kurslari, 
prezentatsiyalar, o‘yin videolarini tayyorlaydiganlar uchun yaxshi tanlov. 
Kamchiligi - mikrofondan ovoz yozishda muammolar mavjud. 


88
Internet va OAVning madaniy ahamiyati rivojlangan davlatlarda ortib 
bormoqda. Bu mamlakatlarda medialar jamiyatdagi vositachi rolini bajarmoqda: 
borgan sari ko‘proq insonlar bilimlarni o‘z tajribasi orqali emas, balki medialar 
vositasida olmoqda. Shunga ko‘ra bilim beruvchi ta’lim tashkilotlarida maktab, 
Oliy ta’lim hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida media kasbiy 
madaniyatga ham ta’sir ko‘rsatmoqda: ularda doimiy ravishda yangi ish o‘rinlari 
vujudga kelmoqda, turli sohalarda axborotni boshqarishning ahamiyati ortib 
bormoqda. 
Mediavositachilik “mediatizatsiyalashuv”ga olib kelib, OAVda o‘z aksini 
topayotgan hodisa, masalan, siyosat yoki ilm-fanga taalluqli ma’lumotlarning 
yoritilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi globalllashuv davrida 
yangi axborotlar va ularni tayyorlovchilar OAVning diqqat markazida bo‘ladi. 
Mediаtizаtsiyаlаshuv nаtijаsidа mеdiаlаr tаshkilоt va muаssаsаlаr hаmdа 
jаmiyatning shаkllаnishigа tа’sir kо‘rsаtаdi va ulаr mediаlаrgа bоg‘lanib qоladi. 
Bunday 
holatni 
ta’lim 
jarayonida 
ham 
kuzatish 
mumkin. 
https://t.me/avloniyuz/4684 havolasi ostida uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini 
yorituvchi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 
Ta’lim tizimini isloh qilishda keyingi qadamlar va uni iqtisodiyotning jahon 
andozalari darajasidagi tizimiga aylantirish, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va 
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tajribalarni tatbiq qilish, “Xalq 
ta’limi tizimini isloh qilish asosida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish suratlarini 
oshirishga qaratilgan” yangi investitsiya loyihasi jahon bankining 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan hamkorlik dasturi doirasida muhokama 
qilindi[163]. 
Shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi o‘qituvchilar bilim va malakasini 
oshirishda, xalqaro ta’lim ekspertlarni va konsultantlarni O‘zbekistonga jalb etish 
bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. 
2022-yil 30-aprelda Xalq ta’lim vazirligining rasmiy kanalida O‘zbekiston 
davlatning taraqqiyoti va kelajagi sifatli ta’limga bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumot 
berildi. Tа’lim sifаtini, хususan sifаtli mаktаb tа’limini tаshkil еtish bir qаtor 


89 
muhim оmillаrga bоg‘liqligi, masаlan: shu maktаbda ishlаyоtgan о‘qituvchilar 
sifаti va sаviyаsigа bоg‘liq еkаnligi yоritilgan. 
Bugungi kunda respublika maktablarida 504 ming nafar o‘qituvchilarimiz 
faoliyat yuritadi. Ularning 280 ming nafardan ortig‘i, ya’ni 56 foiz 
o‘qituvchilarimizning salohiyati talab darajasida emas. Bu degani deyarli 3 
millionga yaqin o‘quvchi-bolalarda yuqori malakali o‘qituvchidan ta’lim olish 
imkoniyati mavjud emas. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun hududlardagi 14 
ta malaka oshirish hududiy markazlari asosiy bo‘g‘in etib belgilangan. 2022-yildan 
boshlab o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimiga transformatsiya bo‘ldi. 
O‘qituvchi maxsus platforma orqali o‘z bilimlarini diagnostika qiladi hamda 
aniqlangan bilimdagi bo‘shliqlar asosida malaka oshirib boradi, tinglovchilarning 
kasbiy rivojlanish dinamikasi platforma orqali doimiy monitoring qilib boriladi. 
O‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mexanizmi va infrastrukturasi 
shakllantirildi[166]. 
Demak, 
mediaaxborotlar 
bilan 
tanishish 
jarayonida 
foydalanuvchilar ikki usuldan foydalanishadi. Birinchi usul maqsadli usuli, bunda 
kasbiy faoliyat uchun zarur axborotlar tanlanadi, ikkinchi usuli esa, 
mediaaxborotlarning 
faol 
tahlil 
qiluvchilarni 
kiritish 
mumkin. 
Mediaaxborotlarning faol tahlilida media kontent tayyorlanadi va iste’molchilarga 
yetkaziladi. O‘qituvchilar media auditoriya rolini bajarishadi o‘z vaqtining katta 
qismini media va kommunikatsiyaga sarflashadi. Mediaauditoriyaning kengayishi 
ta’lim tizimida pedagoglarning mediakompetentligini ta’minlab, bir qancha 
sohalarning rivojlanishiga ta’sir etadi: 
1.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimiga yordam sohasida: 

o‘qituvchilarga zamonaviy texnologiyalar asosida metodik yordam 
berishda; 

umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun elektron adabiyotlar yaratish va 
elektron o‘quv-metodik bazani shakllantirishda. 
O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish sohasida: 

o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligi bo‘yicha malakasini oshirish; 


90

sinxron (videokonferensiya) va asinxron (axborot-ta’lim portali, internet) 
rejimlarida malaka oshirish jarayonini amalga oshirishda. 
2.
Tа’lim jаrаyоnini ахborotlаshtirishni ilmiy yо‘nalish sifаtida rivоjlantirish 
sоhаsidа: 

mеdiа muhitida pedagоgikа fаnlаri rivоjlаnishining yо‘nаlishlаrini 
аniqlаshdа; 

yаngi ахborоt tizimlаrini tаkоmillashtirishgа yоrdam berаdi. 
Ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari kompyuter dasturlari yordamida “Media 
yaratish” ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Buning uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
kursi jarayonida “AKT va mediasavоdxоnlik” fanini о‘qish оrqali tа’lim 
jarayоnida AKTdan fоydalanish xavfsizligini, undan mаs’uliyati va ахloqiy 
nоrmalari bilan tаnish bo‘lishlari kerak. “Kundalik” avtomatlashtirilgan ta’lim 
axborot tizimi dunyoning internetga kirish imkoniyati mavjud bo‘lgan istalgan 
joyidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotga 
asoslangan. 
Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan axborot resurslari. 
Raqamli texnologiyalarni ijtimoiy sohalarga ham keng joriy etib, natijadorlikni 
oshirish, bir so‘z bilan aytganda, insonlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. 
Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat 
ob’ektlari, sifatli ta’lim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha 
sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni 
anglatadi. 
Ommaviy 
axborot 
vositalaridagi 
media 
kontentni 
tushunish, 
mediasavodxonlik elementlarini o‘zida mujassam etgan holda ularni o‘quvchilarda 
shakllantirish metodikasi bilan tanishadi. “AKT va mediasavodxonlik” moduli 
amaliy mashg‘ulotlarida turli vositalar orqali turli shakldagi axborotlarni tahlil 
qilish, baholash, boshqarish va yangi ma’lumotlarni yaratadi. “O‘quv jarayonini 
tashkil etish va boshqarish” axborot tizimi hamda MOODLE masofaviy ta’lim 
platformasi ishga tushirildi. Oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida 
ham MOODLE, Platonus, Moodle LMS, SRS (Student Records System), MOOC 


91 
kabi masofaviy ta’lim platformalari hamda mobil telefon va planshetlar uchun 
Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib onlayn darslar tashkil etilishi 
yo‘lga qo‘yilmoqda. 
O‘qituvchilarning axborot texnologiyalar va raqamli texnologiyalar bilan 
ishlash natijasida biz ijtimoiy fan o‘qituvchilarining mediaijodkorligini ham 
baholashimiz mumkin. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə