Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


-rasm.1960-2011 yillarda M1 va M2 aggregatlarini o’sish suratlari



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə36/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

2-rasm.1960-2011 yillarda M1 va M2 aggregatlarini o’sish suratlari.
2-rasmdagi ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, pulning yagona, aniq va to‘g‘ri o‘lchovini tanlab olinishi muhim hisoblanib, tartibga soluvchi organlar hamda iqtisodchilar tomonidan to‘g‘ri pul o‘lchovi sifatida qaysi pul aggregatini olinishi katta ahamiyat kasb etadi. 34
3-MAVZU: PUL NAZARIYALARI


REJA:
3.1. Pul nazariyasining mohiyati
3.2. Pulning metallik nazariyasi
3.3. Pulning nominallik nazariyasi
3.4. Keynsning likvidlikning afzal ko‘rilishi nazariyasi
3.5.Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi
3.6. Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi
3.7.Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi


3.1. Pul nazariyasining mohiyati

Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.


Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin35.
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi.
Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi.
Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar.
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o‘rganiladi.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə