Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə205/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Микро амалий китоб

Texnologiya tavsifi. Bu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda, muammolarga nisbatan fikrlarni bilishda qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulot maqsadi. Talabalarni tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini qisqa ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar, fikrlarni bayon etish natijani baholashga yordam beradi.
Ish uchun zarur vositalar: tarqatma materiallar, flomaster va A3 yoki A4 formatdagi qog‘ozlar, vatman qog‘ozi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: O‘qituvchi har bir talabaga “SWOT-tahlil” texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to‘ldirishini so‘raydi.
S (strength) – kuch (hal etilayotgan vazifaning afzalliklari)
W (wearness) – ojizlik (maqsadga erishishda ichki muhit omillarining ta’siri)
O (opportunity) – imkoniyat (belgilangan vazifalarni hal etishdagi eng ma’qul holat)
T(threat) – tahdid (faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi tashqi muhit omillari).

    • YAkka tartibdagi ish tugagach, talabalar kichik guruhlarga ajratiladi.

    • Kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikrlarni katta formatda umumlashtirgan holda bosqichlar bo‘yicha yozishlarini taklif qilinadi.

    • O‘qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o‘rtasida himoya qilishlarini so‘raydi.

    • Mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan muammo bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi.

Tarqatma materialning taxminiy nushasini keltirib o‘tamiz.

Mavzu: Sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xarakteristika va tashhisi.


S- Kox tayoqchasi stuktura tuzilishi, murakkab muhitlar talab qilishi, patogen omillari, tarqalish va yuqish yo‘llari, chidamliligi, generatsiya davri uzoq bo‘lishi
W- tashqi muhit faktorlari, noqulay sharoitga tushish, organizm immun holatining barqarorligi, antibiotik va b. vositalar
O- bemor yoshi, sotsial faktorlar, primorbid fon, fasl, uzoq davolanish jarayonida rezistent shtammlar paydo bo‘lishi va x.o.
T- aholi orasidagi tushuntirish ishlari, profilaktik choralar etarli o‘tkazilishi, ovqatlanish rejimiga rioya qilish, malakali tibbiy mutaxassis maslahati va yordami, tashxisni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘yilishi va b.
Talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro fikrlarini umumlashtirib yakuniy hulosaga kelishadi va gurux vakili yozuv taxtasiga chiqib himoya qiladi. Ko‘proq ma’lumot bergan gurux a’zolari yuqori ball bilan rag‘batlantiriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə