Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə204/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Микро амалий китоб

Texnologiyaning maqsadi o‘quv jarayonida tarqatma materiallarni talabalar tomonidan yakka va guruh holda o‘zlashtirib olishlari va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtilishini nazorat qilishdan iborat.
Texnologiyaning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulotlar, seminar laboratoriya mashg‘ulotlari g‘amda suhbat munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruhlar va jamoa shaklida foydalanish mumkin.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur vositalar: mavzuga oid tarqatma materiallar, suratlar, flomaster va A3, A4 formatdagi qog‘ozlar.
O‘tkazish tartibi bir necha bosqichda o‘tkaziladi.
Guruh a’zolari talabalar sonidan kelib chiqib 3 yoki 4 guruhga ajratiladi. Talabalarga mashg‘ulot maqsadi va tartibi tanishtiriladi.
Talabalarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi. Masalan: 1-guruhga “Sil kasalligini ochilish tarixi va uni aniqlashda dunyo va O‘zbekiston olimlarining olib borgan izlanishlari”;

  1. guruhga “Xansenioz”(moxov) kasalligini kashf etilish tarixi, hozirgi kundagi uchrash darajasi;

  2. guruhga “Mikobakteriatsiya oilasi vakillariga ta’rif bering va Aktinomikoz kasalligi yuqishi, tashxisi va profilaktikasiga xarakteristika bering.

    • Guruh a’zolari yakka holda matnni o‘rganib chiqishadi.

    • Keyingi bosqichda har bir guruh a’zolaridan bittadan ajralib yana qayta yangi guruh tashkil qilishadi.

    • YAngi guruh a’zolari (ularning matnlari turlicha) o‘zining yangi guruhiga o‘zlashtirgan matnini tushuntirib beradilar, ya’ni axborot almashadilar.

    • Berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilishini baholash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, guruh a’zolari bir-birlari bilan savol javob qilishadi.

    • Ma’lum vaqtdan so‘ng guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhiga qaytadilar.

    • Ish jarayonida har bir guruhda ballarni hisoblash uchun guruh hisobchisi tayinlanadi.

    • Keyingi bosqichda talabalar tomonidan matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash uchun o‘qituvchi talabalarga savol bilan murojaat qiladi.

    • Guruhlar o‘zlaridagi matndan berilgan savolga javob berishi mumkin emas. Baholashda qaysi guruhning matn mavzusi ko‘proq qayd etilsa, shu guruhni matnni to‘la etkaza olganliklariga ko‘ra yuqori ball qo‘yiladi.

    • Har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi, masalan: Hozirgi kunda to‘liq o‘rganilganligiga qaramasdan sil qo‘zg‘atuvchisidan insoniyat butkul halos bo‘la olmadi? Somatik kasalliklarga nisbatan yuqumli kasalliklarning ko‘p uchrashi mikroorganizmlarning turi ko‘pligi bilan bog‘liqmi? Qadimda ko‘p epidemiyalarga sababchi bo‘lgan kasalliklarnig kamayib ketganligi yoki butkul tugatilishini qanday izohlaysiz? va h.o.

    • Guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (guruh hisobchilari berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradi).

    • Guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlaniladi.

    • Guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Keyingi keltiriladigan “SWOT-TAHLIL” texnologiyasi “Bugungi kun mavzusi”da juda qulay hisoblanadi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə