Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Amaliy mashg‘ulotlarda bu usullarni qo‘llashdan maqsad



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə203/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209
Микро амалий китоб

Amaliy mashg‘ulotlarda bu usullarni qo‘llashdan maqsad:


-talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish.

  • talabalarning bir-biridan o‘rganishga imkon berish.

  • guruhlarda o‘qitish jarayonini kuchaytirish va talabalarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

  • mavzularga mos bo‘lgan yangi interfaol usullarni tanlay bilish (reja asosida) va mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tkazishga erishish.

M I YA SH T U R M I” U S U L I
Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi (darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 30 ball bilan baholanadilar) va o‘qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.
Masalan: “Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olish usullari, aerob va anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratish usullari. Identifikatsiya” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 5-10 ta savol (talabalarning tayyorgarligiga qarab) beriladi:

  1. Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olishning nechta bosqichi bor?

  2. Anaerostat va eksikatorlarning anaerob sharoit yaratish uchun ishlatilishi qanday?

  3. Anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratishning qanday usullarini bilasiz?

  4. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning fizik usularini ayting.

  5. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning kimyoviy, biologik usullariga misollar keltiring.

  6. Identifikatsiya nima? Mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishdan maqsad nima? va boshqalar.

O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi

  • talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi.

Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruhdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini bilish,
xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.
Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma’nosi va mazmunidan qat’iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi.
Talabalar mustaqil ishida keng qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri bu –
BUMERANG” texnologiyasidir.
Bunda talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rgangan materialini yodda saqlab qolib so‘zlab berish va qisqa vaqtda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishiga qaratilgan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə