Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə199/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   209
Микро амалий китоб

19 Mashg‘ulot.




Mavzu: Kasalxona ichida tarqaluvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari.
Ularning laboratoriya tashxisi.


Mashg‘ulot rejasi.

  1. Kasalxona ichida tarqaluvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarining diagnostikasini o‘rganish.

  2. Kasalxona ichida tarqaluvchi gram musbat kokklar va ularning mikrobiologik diagnostikasi.

  3. Kasalxona ichida tarqaluvchi gram manfiy bakteriyalar va ularning mikrobiologik diagnostikasi.

Namoyish qilish.





  1. Kasalxona ichida tarqaluvchi gram musbat kokklar, gram manfiy bakteriyalar va patogen zamburug‘larning kulturasidan tayyorlangan, bo‘yalgan surtmalar.

  2. Kasalxona ichida tarqaluvchi gram musbat kokklar, gram manfiy bakteriyalar va patogen zamburug‘larning ajratib olishda qo‘llaniladigan oziqli muhitlar.

Klinik amaliyotda antibiotiklarning keng qo‘llanilishi yuqumli kasalliklarning epidemiologiyasi strukturasida yangi o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Kuchli virulent qo‘zg‘atuvchilarning (Shigella, Staphylococcus, Salmonella va bosh.) kasalik keltirib chiqarish ko‘rsatkichlari kamayib ketdi. SHu bilan bir qatorda preparatlarga o‘ta chidamli bo‘lgan shartli patogen bakteriyalarni ulushi keskin oshib bormoqda. Bu bakteriyalarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin:

  1. – antibiotiklarga chidamligi orttirilgan gram musbat bakteriyalar (stafilokokk va streptokokklar va b.)

  2. –birlamchi antibiotiklarga chidamligi shakllangan gram manfiy bakteriyalar. III- antibiotiklarga tabiiy chidamli bo‘lgan, zamburug‘lar.

Bu guruh mikroorganizimlarning ko‘pchiligi odam uchun saprofit hisoblanadi. Ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati ma’lum sharoitlarda amalga oshadi.


Jadval 19.

Kasalxona ichida tarqaluvchi yuqumli kasalliklarning asosiy manbasi





Kasallik manbasi

Kasallik manbasining KTYUK lar tarqalishidagi roli

Bemorlar

Ososiy manba: turli nazologik ko‘rinishdagi KTYUK turli
statsionarlarda tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Tashib yuruvchilar

KTYUK dan stafilokokk va gepatitlar (V, S va D),
salmonelyoz, shigellyoz infeksiyalarini tarqalishida katta ahamiyatga ega.

Tibbiy xodimlar

Ko‘proq simtomsiz “gospital”shtammlarni tashib yuruvchilar, asosan respirator yuqumli kasalliklarni (pnevmotsistoz, zotiljam, bronxit va O‘RVI). Bazida tashib
yuruvchilar ko‘rsatkichi 50% etishi mumkin.

Kasallarni
parvarishiga jalb qilinganlar

Katta ahamiyatga ega emas, ular streptokokk, stafilokokk,
entero- va kampilobakteriya, SMV, venerik kasallik qo‘zg‘atuvchilari va b. tarqatishi mumkin.

Kasallarni ko‘rishga kelganlar

Roli juda chegaralangan. Ular streptokokk, stafilokokk va enterobakteriyalarni tashib yuruvchilari bo‘lishi mumkin
yoki O‘RVK bilan og‘rigan bo‘lishi mumkin.

Mas. tashqi muhitning noqulay omillari ta’sirida; organizimning immun tizimi faoliyatini sustlashishi; rentgen va radioaktiv nurlanishlar; immunodepressantlar qabul qilish; uzoq davom etuvchi infeksiya yoki somatik kasalliklar; uzoq vaqt antibiotiklarni qabul qilish.


Bu mikroorganizimlar ko‘proq hollarda “kasalxona ichida tarqaluvchi yuqumli kasalliklar” ni etiologiyasida asosiy rolni o‘ynaydi.
KTYUK spektori juda keng bo‘lib bularga bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va sodda jonivorlar kiradi. Kasalxona ichida tarqaluvchi bakterial yuqumli kasalliklarning asosiy qo‘zg‘atuvchilariga stafilokokklar, pnevmokokklar, grammanfiy enterobakteriyalar psevdomonadalar va anaeroblar kiradi.
Bulardan eng asosiy rolni stafilokokklar (60%), gram manfiy bakteriyalar, respirator viruslar va Kandida avlodiga mansub zamburug‘lar o‘ynaydi. Bu qo‘zg‘atuvchilarning vakillari o‘ta virulentli, chidamli “gospital” shtammlar hosil qiladi. KTYUK ning tarqalishiga turli faktorlar qatnashishi mumkin bulardan asosiylari quyidagi yuqoridagi (20 jadv.) jadvalda keltirilgan.
Jadval 20.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə