Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə195/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209
Микро амалий китоб

Burun terisidagi Kaposhi sarkomasi




Og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qavatidagi Kaposhi sarkomasi


Oshqozon shilliq
qavatidagi Kaposhi sarkomasi

85-rasm.









Maxsus laboratoriya tekshirishlari (virusni va uning komponentlarini aniqlash). Bunda virusning antigenlari, nuklein kislotasi, transkriptaza va antitelalar aniqlanadi. Serologik diagnostika 2 etapda olib boriladi:

      1. Birinchi etapda immunoferment usuli bilan qon zardobida OITS virusiga qarshi antitelo aniqlanadi.

      2. Agarda reaksiya musbat bo‘lsa o‘ta sezgir usul - immunobloting qo‘llaniladi. Musbat reaksiya tanada virus borligidan dalolat beradi. Bu holat tarkibida viruslarning peptidlarini tutuvchi «peptoskping» degan sistema yordamida

aniqlanadi. OITS virusi - qonda, limfa suyuqligida, spermada, ko‘z yoshida, so‘lakda, ko‘krak sutida va hokozalarda topiladi. Virus antigenlari qon tarkibida 8-12 xaftadan so‘ng aniqlanadi. Immunoflyuoressent, immunoferment, radioimmun usullari qo‘llaniladi. Kasallikning yangi boshlangan davrida gr-24 va gr-41 ga qarshi hosil bo‘lgan antitelalar aniqlanadi. gp-24 ga qarshi hosil bo‘lgan antitelalarning titrini kamayishi kasallikning og‘ir kechishidan dalolat beradi. Antitelalarni aniqlash 90-95
% hollarda musbat natija beradi.
OITS ni davolash 3 xil yo‘nalishda olib boriladi:
1. Etiotrop, 2. Patogenetik o‘zgarishlarga qarshi. 3. Ikkilamchi infeksiyalarni davolash
Profilaktikasi. Umumiy profilaktik choralar qo‘llaniladi: qon quyish, to‘qimani ko‘chirib o‘tkazish, har xil in’eksiyalari qilishda faqat bir martalik shpritslardan foydalanish, donorlarni yaxshilab tekshirish, ginekologiya, stomotologiya, xirurgiya va boshqa sohalarda aseptika antiseptika koidalariga to‘liq rioya qilish tavsiya qilinadi.
Maxsus profilaktikasi uchun turli izlanishlar olib borilmokda, jumladan AQSH da gen injeneriyasi usuli bilan virus bo‘lakchalaridan tashkil topgan vaksina olingan. Bunda virusning tashqi qobig‘ini sintez qiluvchi DNK kuya kapalagini zararlantiruvchi virusning geniga biriktirilgan. Bu virus ishlab chiqarayotgan sun’iy VICH oqsili 30 ta virus tashib yuruvchilarga yuborildi va ular 10 oy mobaynida kuzatildi, shulardan 19 kishida yangi antitelalar paydo bo‘lganligi aniqlandi.
1980 yilda odam organizmini zararlaydigan 1-retrovirus topildi va unga VCHTl
-1 deb nom berildi (T-xujayrali odam raki virusi). Virus xujayrasi yadrosida DNK bo‘lib irsiy belgilar shu joyda yig‘ilgan bo‘ladi. Irsiy belgilar DNKdan odatda yadroda joylashgan DNKga o‘tadi, bu birinchi bosqichni transkripsiya ko‘chirib olish deyiladi, shundan so‘ng yadro RNK si xujayra sitoplazmasiga o‘tib, irsiy belgilarni ribosomal RNK ga etkazib beradi, bu 2 -boskich translyasiya - xabar qilish deyiladi. SHunday kilib irsiy belgilar DNK dan RNK ga o‘tadi. Retroviruslarda esa buning aksi bo‘ladi, ya’ni irsiy belgilar RNK dan DNK ga o‘tadi (retro-teskari degani).
Gen injeneriyasi bo‘yicha vaksina olishda viruslarning shu xususiyatidan foydalaniladi. Ammo hozirgi vaktda turg‘un vaksina olinganicha yo‘q, chunki aytib o‘tganimizday OITS virusi nihoyatda o‘zgaruvchandir.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə