Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


OITS qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə191/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209
Микро амалий китоб

OITS qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Retroviridae oilasi, Lentivirus avlodi, OIB yoki HIV - human immunodeficiency virus.
OITS - (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) limfotrop viruslar qo‘zg‘atadigan va organizmda immunitet etishmay qolishi, shuning okibatida turli kasalliklar paydo bo‘lishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi bilan harakterlanadigan xavfli yukumli kasallikdir. Oxirgi yillarda bu kasallik er yuzida deyarlik hammaning diqqatini jalb qilmokda. Yil sayin OITS kasalligi ko‘payib bormokda. Ma’lumotlarga ko‘ra er sharida har bir minutda bitta odam OITS bilan zararlanmokda. SHuning uchun ham bu kasallikni XX asrning o‘lati deb atalmokda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1999 yilda kasallanganlar soni 4,5 mln. umumiy zararlanganlar soni esa 30 mln. dan ko‘prok, shulardan 28,5 mln. kattalar va 1,5 mln. dan ko‘progi esa bolalardir. Asr oxiriga kelib Er sharida zararlanganlar soni 40 mln.dan ortib ketadi, bu esa 2- jahon urushida o‘lgan odamlar sonidan 2 barobar ko‘pdir. Ma’lumotlarga
ko‘ra har kuni 6-7 mingtadan ko‘p odamlar zararlanadi. Achinarlisi shundaki zararlanganlarning aksariyati yoshlardir.
Kasallikning tarixi. 1981 yilda AKSH da 5 ta yosh yigit pnevmoniya bilan kasallangan, ularni turli antibiotiklar bilan davolashgan, lekin natija bo‘lmagan. Kasallikning sababini tekshirish natijasida bularning hammmasi gomoseksualistlar ekanligi aniqlangan va ulardagi pnevmoniyani Pneumonia carini qo‘zg‘atganligi va ularning hammasida immunitetning nixoyatda kuchsizligi aniqlangan. Ko‘p o‘tmay shunga o‘xshash bemorlarning yana 26 tasi ma’lum bo‘lgan. Ularning ayrimlarida pnevmoniyadan tashqari Kaposhi sarkomasi ham aniqlangan. Odatda bu kasallik yoshi o‘tgan, keksalarda uchraydi. Pn. carini odatda saprofit holda sog‘g‘lom odamlarning alveolalarida yashaydi. 1981 yilda AQSH olimlari M. Gotlib, G. Mazur,
F. Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan bu kasallik shu vaktgacha noma’lum bo‘lgan va immunitet tankisligi natijasida paydo bo‘ladigan kasallik ekanligi xakida matbuotda Axborot berdilar. 1983 yilda AQSH olimi Robert Gallo va Parijdagi L. Paster institutining professori Montane OITS ni qo‘zg‘atuvchilari viruslar ekanligini aniqladilar va shu viruslarni topdilar. Sobiq SSSR da 1985 yildan boshlab OITS ga e’tibor berila boshlandi. R. Galloning fikricha markaziy Afrika o‘rmonlarida yashovchi yashil maymunlarda OITS virusiga o‘xshash virus topilgan, bu viruslar odamlarga o‘tgan, so‘ngra Afrikaliklar orqali AQSHga tarqalgan. Motane va boshqa olimlarning fikricha OITS virusi AQSH da sun’iy yo‘l bilan olingan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə