Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə187/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209
Микро амалий китоб

rasm. Gepatit A virusi

Inkubatsion davri 2-6 hafta. Gepatit Aning ikki xil davri tafovut qilinadi: prodromal sariqlik oldi-davri va sariqlik davri. Sariqlik oldi davrida grippga o‘xshash belgilar, hamda ko‘ngil aynish, qusishi, ba’zan ich ketish bo‘lishi, siydik biroz qizarishi mumkin.
Sarg‘ayish davrida ko‘zning oqsil pardasi, tomoq shilliq pardasi va teri sarg‘ayadi; jigar kattalashadi, qonda bilirubin miqdori, hamda alanin va aspartat
aminotransferaza miqdori ko‘payadi, chunki jigar hujayralari zararlanadi. Klinik kechishi va simptomlariga qarab, kasallikni aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ilmiy tekshirish institutlarida gepatit A virusini leykotsitlar yoki organlarda undirish usullari ishlab chiqilgan. Lekin, amaliy laboratoriyalarda, asosan bioximiyaviy tekshirish usullari ko‘proq ishlatiladi (m: qondagi bilirubin miqdorini oshishi, ALAT, ASAT fermentlarining ko‘payishi, siydikda o‘t pigmentlari va h.k. aniqlanadi). Bundan tashqari immunoferment analiz yo‘li bilan qondagi antitelo va antigenlar aniqlanadi.
Gepatit V virusi – gepadnaviruslar oilasiga kiruvchi, DNK – saqlovchi virus bo‘lib, zardob gepatitini qo‘zg‘atadi. Virusning diametri 22 nm. Uni 1970 yilda D.Deyn ochgan. Virus genomi halqa shaklidagi ikki ipli DNK hosil qiladi. Uning tarkibida oqsil va DNK – polimeraza fermenti bor. Gepatit V bilan kasallangan odam qonidan Deyn tanachasi topiladi. Virusning yuza qismida yuza antigeni (HBSAG) bo‘ladi. Bu antigenga qarshi bemor qonida HBSAt antitelolar hosil bo‘ladi. 1965 yida avstraliyalik aborigenlar qonida B.Blyumberg HBSAG – ni topgan (ilgari Avstraliya antigeni deb atalar edi). Bu antigenning immunogenligi yuqori bo‘lib, uning tozalangan aggregatlari gepatit V kasalligiga qarshi tayyorlangan geninjeneriya vaksinasining tarkibiga kiradi. Gepatit V virusining o‘zak antigeni ham bor. Bu antigenni DNK o‘rab turadi. (HBsorAG) va u Deyn tanachasining o‘zagida bo‘ladi. HBsor AG bilan HBSAG ning yuqori titri va HBSAGga qarshi JgM qonda topilsa, gepatit Vning o‘tkir formasi borigidan dalolat beradi. Gepatit V virusining uchinchi antigeni HBeAg bulib, u HBSAg musbat zardoblarda uchraydi. HBeAg Deyn tanachasi bilan bog‘liq emas, ya’ni uning tarkibiga kirmaydi. Uning funksiyasi to‘liq aniqlanmagan, lekin, bu antigenni aniqlash aktiv gepatit borligini ko‘rsatadigan sezgir diagnostik ko‘rsatgich hisoblanadi. Ko‘pincha xronik shakldagi gepatitning aktiv formasida HBeAg topiladi. Bunday bemorlar atrofidagilarga epidemiologik
jihatdan xavfli hisoblanadi.








b











  1. - Deyn zarrachasi (1) va HBs antigen tutuvchi zarrachalar (2.3),

  2. – Tashqi qobig‘i olib tashlangan virus zarrachasining yuragi (serdsevina)


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə