Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə186/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   209
Микро амалий китоб

Mashg‘ulot.




Mavzu: Virusli infeksiyalar. Gepatitlar, viruslariga ta’rif va ular qo‘zg‘atgan kasalliklar laboratoriya tashxisi. Retroviruslar oilasi. OITS ning laboratoriya tashxisi.
Mashg‘ulot rejasi

  1. Gepatit virusli kasalliklar diagnostikasini o‘rganish.

  2. Diagnostikaning tezkor (ekspress) usullari.

  3. Viruslar keltirib chiqaruvchi gepatit kasalliklarining serologik diagnostikasi.

  4. Retroviruslar xarakteristikasi.

  5. Viruslar keltirib chiqaruvchi gepatit kasalliklarida qo‘llaniladigan diagnostik, profilaktik va davo preparatlari.

  6. OIV virusi patogenezini o‘ziga xosligini tahlil qilish

Namoyish qilish.


  1. Gepatit kasaliklarida qo‘llaniladigan diagnostik ekspress testlar.

  2. Gepatit kasaliklarida qo‘llaniladigan immunoferment yig‘malar va qo‘yish texnikasi.

  3. Gepatit viruslari strukturasi va reproduksiyasina namoyon qiluvchi rangli rasm va albomlar.

  4. Gepatit infeksiyalarda qo‘llaniladigan diagnostik, profilaktik va davolash preparatlari.

  5. OITS kasalligida qo‘llaniladigan preparatlar.

  6. OIV diagnostikasida PZR qo‘yish texnikasiga oid videorolik namoyishi.

Gepatit viruslari. Gepatit kasalligining turlari ko‘p - toksik gepatit, ikkilamchi gepatit, virusli gepatitlar va h.k. Virusli gepatitlarning ham bir necha xil turlari bor (infeksion gepatit yoki Botkin kasalligi, zardob gepatiti va h.k.). Ularni 7 xil viruslar chaqiradi. A, V, S, A emas – V emas, D, E, delta viruslar va boshqalar. Bu viruslar bir-birlari bilan tuzilishi, yuqish yo‘llari, antigenlari va boshqa xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi. SHu farqlanishlari asosida har xil oilaga kiradi. Gepatit viruslari asosan jigar gepatotsit xujayralarida reproduksiyalanadi.
Virusli gepatit A (ilgarigi nomi – infeksion gepatit yoki Botkin kasalligi)ni pikornaviruslar oilasiga kiruvchi enterovirus 72 yoki gepatit A virusi qo‘zg‘atadi. Gepatit A virusi RNK – saqlovchi virus (VGA) bo‘lib, uning kattaligi 42-45 nm keladi. Uni 1979 yilda Feystoun ajratgan. Virusning gemomasini bir ipli RNK hosil qiladi. Gepatit A virusi bitta antigen turiga ega unga qarshi hosil bo‘lgan immunitet uzoq vaqtgacha etadi.
Gepatit A virusi og‘iz orqali fekal–oral yo‘l bilan (boshqa ichak infeksiyalari
kabi) suv yoki oziq-ovqatlar bilan yuqadi, ingichka ichak epiteliysida va regionar limfa to‘qimalarida reproduksiyalanib, so‘ngra qonga o‘tib jigarni zararlaydi. Kasallik manbai kasal odam hisoblanadi.




    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə