Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə194/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   209
Микро амалий китоб

Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bo‘lib bemor odamlar yoki virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. OIV virusi spermada, qonda, so‘lakda, ko‘z yoshida, siydikda, orqa miya suyuqligida, terida, ko‘krak sutida topilgan. Odamlarga zararlangan qon quyilganda, organlar ko‘chirib o‘tkazilganida. turli jarrohlik aralashuvlarida steril bo‘lmagan asboblardan foydalanilganida yuqadi. Onadan homilaga yo‘ldosh orqali ham o‘tadi. Tibbiyot xodimlariga tirnalgan teriga
zararlangan qon tomchisi tushganda ham yuqadi. Gomo - va biseksualistlarda kasallik asosan jinsiy yo‘l orqali yuqadi.
Kasallarning 1-2 % ni yosh bolalar tashkil qiladi. Onaning suti orqali, yo‘ldosh orqali, gemofiliya bilan kasallangan bolalarga qon qo‘yganda va boshqa xollarda bolalarga kasallik yuqadi. Katta yoshdagi bolalarda kasallik asosan narkomanlar orasida uchraydi.
Kasallikning patogenezi. Kasallikda inkubatsion davr bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi. SHuning uchun bu kasallik sekin kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik ko‘pincha virus tashib yuruvchilik bilan o‘tadi. Organizmga tushgan virusning reproduksiyasi asosan T-4 limfotsitlarda, xelperlarda o‘tadi va ular halok bo‘ladi. Xujayra ichida ko‘paygan virus hujayradan tashkariga to‘da bo‘lib chiqayotganida xo‘jayin hujayra membranasining bir bo‘lagini o‘zi bilan yulib olib chiqadi va u bilan o‘zini niqoblaydi. Bu holat OITS virusini aniqlashni qiyinlashtiradi.



    1. rasm.

OITS-virusi asosan immun tizimni zararlaydi, u T-4 xelper va makrofaglarni zararlaydi, ularda ko‘payadi va ularni halokatga olib keladi. Immun tizim virusga qarshilik ko‘rsatish kobiliyatini yo‘qotadi. Virus bu bilan chegaralanib kolmay organizmni turli mikroblarga, shartli - patogen va patogen mikroblarga qarshilik qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Buning natijasida organizmda infeksion kasalliklar avj oladi va tana halok bo‘ladi. Birinchi kasallikni belgisi bo‘lib limfopeniya hisoblanadi, bu T-xelper va T-supressorlarning halok bo‘lishi natijasida kelib chiqadi. Bu katta


diagnostik ahamiyatga ega. Virus barcha himoya omillarini yo‘q qiladi va organizmda immun taxchillik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Odam uchun barcha mikroblar havfli bo‘lib qoladi. Odatda tanada uchraydigan saprofit mikroblar ham havfli bo‘lib qoladi. OITS kasalligining diagnostikasi klinik, epidemiologik, immunologik va spetsifik labaratoriya tekshirishlariga asoslangan. OITS gumon qilinganda organizmning immun sistemasi tekshiriladi. Bu kasallikda qonda limfotsitlar soni kamayib ketadi. YA’ni 1ml qonda limfotsitlar soni 1 mln ga cha kamayib ketadi (normada 1ml qonda 2 mln bo‘ladi). Ko‘pchilik tekshiruvchilar T- xelper va T- supressorlarning muvozanatini buzilishini aniqlaganlar. OITS kasalligida bu muvozanat 1 ga teng bo‘ladi, noromada esa 3:1 nisbatida bo‘lishi lozim.









Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə