Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə192/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   209
Микро амалий китоб

Virusning morfologiyasi. OIV - xaqikiy retrovirus bo‘lib, murakkab tuzilishga va kimyoviy tarkibga ega.
Virus Retroviriadae oilasiga Lentivirinae avlodiga mansubdir.
Retroviruslar leykoz (qon raki), limfoma (limfa tugunlarining raki) va shunga o‘xshash kasalliklarni keltiribchiqaradi.
Virus ovalsimon, dumalok, sferik shaklda bo‘lib. diametri 100- 120 nm. ga teng. Virusning tashqi qobig‘i ikki qavatlik lipid membranasidan tashkil topgan bo‘lib, ikki xil glikoliproteinlari bor (gp-41 va gp-120). Ikkala oqsil bir-biri bilan kovalent bog‘langan bo‘lib, OIVning tashqi qobig‘idagi oqsilning (gp-160) bo‘linishidan hosil bo‘lgan. Tashqi kobiqning ostida silindr yoki konus shaklida virionning mag‘zi
joylashgan bo‘lib, u R - 18 va R - 24 oqsillaridan tashkil topgan. Virionning mag‘zida RNK - teskari transkriptaza revertaza fermenti va ichki oqsillar ( R. 7 va R. 9 ) bor. OIV - murakkab genomga ega, chunki unda boshqaruvchi genlari bor. Ana shu xususiyatiga ko‘ra boshqa retroviruslardan farq qiladi.
1986 yilda Xalkaro klassifikatsiya komitetining qarori bilan OITS virusi HIV deb ataldi (Human Immunodeficite Virus). Bu virus asosan T-limfotsitlarni xelperlarini (T-xelper) zararlantiradi. Hozirgi paytda viruslarning quyidagi turlari aniqlangan : HIV Ι-, HIV -ΙΙ, HIV- ΙΙΙ, HIV- ΙΥ. Bu viruslar bir-biridan tashqi oqsil qobig‘i bilan farq qiladi.
OIV genomi 9213 ta nukleotidlardan iborat bo‘lib, 9 ta genlari bor. Virusning replikatsiyasi uchun asosan 3 ta geni kerak :

  1. Gen gag mag‘zidagi va kapsididagi ichki oqsillarni ( R-17, R-24, R-15 ) belgilaydi.

  2. Gen pol teskari transkriptaza, endonukleaza va virusospetsifik proteazalarni belgilaydi.

  3. Gen env - tashqi qobikdagi tipga xos oqsillarni (gp-41, gp-120) . Virusning shu uchinchi geni juda o‘zgaruvchandir, shuning uchun ham ulardan vaksina tayyorlash juda qiyin. Qobiqning asosiy oqsili - glikoproteid yordamida virus xo‘jayinning hujayrasiga yopishadi va immunosupressiyani keltirib chiqaradi.






Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə