Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Gepatit A kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə190/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   209
Микро амалий китоб

Gepatit A kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Picornaviridae oilasi, Hepatovirus avlodi, H A V
Gepatit A virusi laboratoriya tashxisida tekshirish uchun bemordan najas va qon olinib virus antigeni IFA va RIA usullari yordamida aniqlanadi. Serologik tashxisda: virusga qarshi immunoglobulin M va G antitelolari, immunoferment analiz va RIA reaksiyalari yordamida topiladi. Virus maxsus immunoglobulin M kasallikning o‘tkir davridan darak beradi. Gepatitlar tashxisida biokimyoviy ko‘rsatgichlar aniq va tez tashxis qo‘yishga katta yordam beradi. Bunda bemorni zardobidagi bilurubin fermentlar, timol sinamasi kabi ko‘rsatgichlar oshgani aniqlanadi.

Gepatit V virusi qo‘zg‘atadigan kasallikni laboratoriya tashxisi.


Gepatit V kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Hepadnaviridae oilasi, Orthohepadnavirus avlodi, H B V
Gepatit V tashxisida bemorning qon zardobidagi antigen va antitelolarni RIA, IFA usullaridan foydalanib aniqlanadi, NVs-antigen surunkali va simptomsiz infeksiyalarda topiladi. Bemorlarda NVe va NVs antigenlari topilishi katta diagnostik ahamiyatga ega, chunki ular infeksiyaning yashirin davridan to 6-8 oygacha aniqlanishi mumkin.
Gepatit V virusning antigenlari va antitelolarini aniqlash faqat diagnostik emas, balki prognostik ahamiyatga xam ega. Turli antigenlarga qarshi antitelolarning sintez qilish dinamikasi har xil bo‘lib, prodromal davrda NVs antitelolar, so‘ngra NVe antitelolar, eng keyin NVs-antitelolar paydo bo‘ladi. U yoki bu antigenga qarshi paydo bo‘lgan antitelolarga qarab kasallik davrini aniqlash mumkin.
Virusli gepatit V kasalligi profilaktikasi: Genninjener – rekombinat achitqi vaksinasi, chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng 12 - 24 soat ichida emlash, qayta emlashlar esa 2 oyligida, 9 oyligida muskul orasiga yuboriladi.

Gepatit S, virusi qo‘zg‘atadigan kasallikni laboratoriya tashxisi.


Gepatit S kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Flaviviridae oilasi, Hepacivirus avlodi, N C V.
Gepatit S ga tashxis ko‘yishda kasallikning klinik belgilariga, biokimyoviy tekirishlarga hamda qon zardobida gepatit S virusiga qarshi antitelolarni IFA va RIA usullarda aniqlashga asoslaniladi. Hozir kasallikni yashirin davrida qondagi virus RNK sini PZR usuli yordamida 5-6 soat ichida aniqlash mumkin.
Davolashda, asosan, interferon ko‘llaniladi. Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə