Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Deyn zarrachasi (gepatit V virusi) ning sxematik tuzilishi va



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə188/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209
Микро амалий китоб

Deyn zarrachasi (gepatit V virusi) ning sxematik tuzilishi va antigenlari.
1- DNK ning bir ipli qismi. 2- DNK ning ikki ipli qismi. 3- DNK-polimeraza
4- HBe - antigen 5- HBc - antigen
6- HBS - antigen
    1. rasm.


Kasallikning manbai – kasal odamlar, virus tashuvchilar hisoblanadi: virus ularning qoni, siydigi, axlati, spermasi va so‘lagi orqali ajraladi. YUqish yo‘llari parenteral yo‘l, ya’ni shpritslar, ignalar, xirurgik, stomatologik va boshqa asbob- uskunalar, qon va qon preparatlari orqali, hamda jinsiy aloqa (sperma) bilan va vertikal yo‘l bilan kasal onadan homilaga yuqadi. Gepatit V yuqishi oson bo‘lgan xavfli guruhlarga tibbiyot xodimlari, qon qabul qiladigan kasallar (gemofiliya, anemiya), narkomanlar, gomoseksualistlar, fohishalar kiradi.
Kasallikning inkubatsion davri 2-6 oy va undan ham uzoq bo‘lib, engil simptomsiz shakldan boshlab, og‘ir kechadigan formalari ham uchraydi. Ko‘pincha kasallik xronik shakllarda kechadi; sirroz va jigar raki kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida virus qon orqali jigarga kirib, gepatotsitlarda ko‘payadi va ularni
zararlaydi. Kasallikning o‘tkir formasida sariqlik oldi davri va sarg‘ayish davrlari tafovut qilinadi. O‘tkir gepatitning asosiy belgisi sariqlik hisoblanadi. Uning qariyib 90% -ini subklinik, simptomsiz shakllari tashkil qiladi. Bunday paytlarda, asosan bioximiyaviy tekshirishlar asosida (bilirubin, aminotransferazalarning oshishi) kasallikka diagnoz qo‘yiladi.
Sariqlik oldi davrida ishtahasizlik, ko‘ngil aynish, ich buzilishi, kamquvvatlik, bosh og‘rishi, mushaklarda, bo‘g‘imlarda og‘riqni paydo bo‘lishi kuzatiladi; qon va siydikda o‘t pigmentlari ko‘payadi. Sarg‘ayish davrida teri va ko‘z pardasining sarg‘ayishi va boshqa belgilar kuzatiladi. Kasallikning 10-20% asoratli kechadi, surunkali gepatit paydo bo‘ladi. Xronik gepatit persistensiya beruvchi va xronik aktiv gepatit shakllarida kechishi mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə