Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


OITS kasalligi laboratoriya tashxisi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə196/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209
Микро амалий китоб

OITS kasalligi laboratoriya tashxisi.


Laboratoriya tashxisida asosiy yo‘nalish, OIV va uning markerlarini, immun sistemasidagi o‘zgarishlarni aniqlash hisoblanadi. Tekshirish uchun bemordan qon, sperma, ko‘krak suti, likvor olinadi. Virusni elektron mikroskop yordamida ko‘rish mumkin.
Serologik usullardan: IFR, IFA, RIA, immunobloting kabi reaksiyalar bemor va tashib yuruvchilar qonidagi virusga qarshi antitelalarni aniqlash imkonini beradi.

Immunoferment usulida OITV antitelosini kasal qon zardobi tarkibida aniqlash.


Usulni qo‘yishda mahsus avtomatik mikropipetka dozatorlardan foydalaniladi. IFA immunosorbent polisterol 96 chuqurchali planshetkalarda yoki striplarda qo‘yiladi. Test sistema tarkibidagi ingridientlar uslubiy qo‘llanmaga asosan suyultiriladi.
Ish tartibi.

  1. Immunsorbent chuqurchalarga OITV 1-kon’yugatidan ishchi dozasida 0,25 mkl tomiziladi. So‘ngra planshetka chuqurchasiga 0,75 mkl nazorat namunasidan (K+, K-) qo‘shiladi. Nazorat namunalarini ishlatish qo‘llanilayotgan striplarni soniga bog‘liq bo‘lganligi uchun quyidagi sxemani qo‘llash mumkin:

  1. stripda -1 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;

  2. stripda - 2 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;

  3. va undan ortiq -2 chuqurcha K+. 3 chuqurcha K-.

Masalan, agar IFA 2 ta stripda qo‘yilayotgan bo‘lsa, stripni A-1 va A-2 chuqurchalariga mikrodozator yordamida 0,75 mkl K+, va 2 ta chuqurchaga V-1 va V-2 ga esa 0,75 mkl K- nazorat namunalaridan tomiziladi.
Qolgan chuqurchalarga 0,75 mkl tekshirilayotgan qon zardob namunasidan tomiziladi. CHuqurchadagi ingridientlar yaxshilab aralashtiriladi (planshetkani
qirrasini sekin – sekin urish bilan). Planshet qopqog‘i berkitilib 37º S 60 daqiqa saqlanadi.

  1. Planshetdagi ingridientlar (vosher) planshetni yuvish moslamasi yordamida olinib dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to‘kiladi, planshet 4 marotaba yuvuvchi ishchi rastvor bilan yuviladi. Har bir yuvishda 40 sekund eritma ushlab turiladi va dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to‘kiladi.

  2. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl kon’yugat-2 ni ishchi dozasida mikropipetka yordamida tomiziladi. Planshet qopqog‘i berkitilib 37º S 30 daqiqa saqlanadi.

  3. Planshetdagi ingridientlar (vosher) planshetni yuvish moslamasi yordamida olinib dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to‘kiladi, planshet 4 marotaba yuvuvchi ishchi eritmada yuviladi.

  4. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl SS (substrat aralashmasi, bufer eritma) tomiziladi. Planshet qopqog‘i berkitilib qorong‘i joyda 20 - 24º S 25-30 daqiqa saqlanadi.

  5. Planshetdagi reaksiyani to‘xtatish uchun hamma chuqurchalarga 100 mkl dan stop – reagent qo‘shiladi va 1- 2 daqiqadan keyin natija aniqlanadi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə