Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Reaksiya natijasini aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə197/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209
Микро амалий китоб

Reaksiya natijasini aniqlash. Reaksiya natijalari to‘lqin uzunligi 450 nm bo‘lgan spektrofotometrda va 620-680 nm referens-yorug‘lik filtrda aniqlash mumkin. Reaksiyani ro‘y berganligi aytish mumkin, qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam bo‘lmasa va K- na’munali chuqurchadagi OZ o‘rtacha ko‘rsatkichi 0, 15 oshmasa. Masalan tekshirilayotgan namunani natijasi bitta 450 nm to‘lqin uzunlikda aniqlansa, bu holda reaksiya musbat deb hisoblash mumkin qachonki, K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam bo‘lmasa va K- namunali chuqurchadagi OZ o‘rtacha ko‘rsatkichi 0, 2 oshmasa (K- namunani OZ ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 0,2 teng).

OP krit.=OPK-(o‘r.)+0,2


Vizual baholashda substrat aralashma bilan inkubatsiyalanish vaqtida chuqurchadagi eritmaning bo‘yalishi kuzatiladi. Bo‘yalishning intensivlik darajasi bog‘langan belgili antitelalar miqdorigaga to‘g‘ri proporsional.
SHuni aytib o‘tish zarurki, immunoferment va immunobloting usullari o‘zining o‘ta sezgirligi va maxsuligi bilan ajralib turadi va ularning natijasi 4-6 soatda aniqlanishi mumkin. SHu bilan bir qatorda virus AT larini aniqlash VICH infeksiyali chaqaloqlarda umuman ijobiy natija bermaydi, chunki kasal onadan yo‘ldosh orqali o‘tgan IgG chaqaloq qon zardobida 1 yilgacha saqlanishi mumkin. SHuning uchun chaqaloqlarning VICH virusi bilan zaralanganini faqat alternativ usullarda aniqlanadi, ya’ni virusni ajratib olish in vitro yoki virus genomi materialini PZR yordamida aniqlashga asoslangan. Bu usullarda virus bilan zaralangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1-haftasida 35-55% natija musbat bo‘lsa, 3 -6 oyliklarda 90-100% bo‘ladi.
OITS kasalligida yuqorida keltirilgan asosiy usullardan tashqari immun tizimga ham baho beriladi. OITS kasalligida periferik qondagi T-xelper hujayralarni nisbiy va absolyut miqdorlari normadan ishonarli kamayib ketadi va limfotsitlarning funksional xususiyatlarida ham chuqur o‘zgarishlar kuzatiladi.
OITS kasalligida qo‘llanadigan davolash preparatlari. Hozirgi kungacha OITV ga qarshi etiotrop davolash va profilaktik vaksinalar ishlab chiqilmagan. Hozirda qo‘llanilayotgan preparatlar (immunomodulyator va IFN lar, zidovulin, azidotimidin, zalsitabin, didanozin, stavudin va b.) bemorning umrini cho‘zishga qaratilgan bo‘lib, dori preparatlari buyurilganda bemordagi kasallik bosqichi, virus miqdori va boshqa ko‘rsatkichlarga asoslanib belgilanadi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə