Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə193/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   209
Микро амалий китоб

1- qobiq,
2- gp 125 (OIV-2).
3- gp 41 (OIV-1)/ gp 36 (OIV-2)
4- Matriks oqsili.
5- r24 (OIV-1)/r26(OIV-2)

  1. o‘zak (serdsevina)

  2. RNK

  3. Nukleokapsid oqsili – r 7, r 9.

  4. Teskari transkriptaza fermenti (pol)

    1. rasm.



Virusning ko‘paytirilishi. Virus limfotsitlarning normal xujayrasida ko‘payadi, bundan tashqari shimpanze maymunlari organizmida kasal qo‘zg‘atib ko‘payadi.
Undiriluvchi xujayra kulturasi T -xujayraviy leykoz bilan og‘rigan bemordan olib tayyorlanadi va undan virusni o‘stirish uchun foydalaniladi. OIV T8 supressor va killerlrda ko‘paymaydi, asosan T 4 xelperlarda ko‘payadi.
Replikatsiya protsessi natijasida to‘liq virus zarrachalarining komponentlari yig‘ilib bo‘lgandan so‘ng, ya’ni hosil bo‘lgan viruslar hujayra membranasida hosil bo‘lgan teshikdan tashqariga chiqadi. Hujayra membranada hosil bo‘lgan teshikni tiklab ulgurmaydi, shuning uchun uning ichidagi komponentlari shu teshikdan tashqariga okib ketadi va natijada hujayra halok bo‘ladi. SHuning uchun ham T-4 xelperlarning soni kamayib ketadi.
CHidamliligi. Virus tashqi muxit sharoitiga nixoyatda chidamsizdir. 56-60 gradusda 30 minut qizdirilganda virusning aktivligi 100-1000 marta pasayadi. Turli antiseptik moddalarga - etanol, atseton, efir, 0,2% Na gipoxlorit, 0,3% perikis vodorodli eritmasi, 0,5% lik fenol eritmasi va boshqa dezinfeksiya qiluvchi moddalarga juda ta’sirchan. Quritilganda uy haroratida 4-5 kun saqlanadi. Ultrafiolet nurlar va ionlovchi radiatsiyaga chidamli.
Virusning antigen tuzilishi. Virion mag‘zidagi oqsillar va qobiq glikoproteinlari (gp - 160) antigenlik xususiyatiga ega. Turli geografik zonalarda ajratib olingan OIV shtammlarida katta farq borligi aniqlangan. Bemor va virus tashib yuruvchi shaxslar organizmidagi OIV ning antigenlik xususiyatlari o‘zgaradi. Bu holat virusga antitelalar va xujayraviy immunitet ta’siridan «yashirib» qolish imkonini beradi, bu esa navbatdagi infeksiyani surunkali holatga o‘tishiga sabab bo‘ladi. OIV irsiy jihatdan o‘zgaruvchan bo‘lib, bu holat virusning yangi genotiplarini hosil bo‘lishiga olib keladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə