Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə189/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209
Микро амалий китоб

Gepatit S virusi RNK tutadi, parenteral ya’ni ifloslangan shprits ninalari orqali yukadi.
Gepatit E virusi RNK tutadi, og‘iz orqali yukadi, 32-34nm kattalikda bo‘ladi.
Gepati D virusi RNK tutadi, 36 nm kattalikda, ichki oqsili-D-antigen vazifasini bajaradi. Virus genomi juda kichik bo‘lganligi sababli virusning reproduksiyasi uchun yordamchi virus kerak, bu vazifani gepatit V virusi bajaradi. Gepatit D virusi mustakil ravishda gepatotsit xujayralarida replikatsiya bo‘la olmaydi. SHuning uchun bu virus gepatit V bilan birga kelib kasallik patogenezining og‘ir o‘tishiga sababchi bo‘ladi.
Laboratoriya diagnostikasida asosan IFA, BGAR, PZR kabi serologik reaksiyalar qo‘llaniladi.
V gepatiti bilan og‘rigan kasallar qon zardobida, kasallik yuqqandan so‘ng 3-5 hafta o‘tgach, NVs - antigenini (avstraliya antigeni) aniqlash mumkin. Bu antigenning yo‘q bo‘lishi - sog‘ayishdan yoki sog‘ayayotganlikdan darak beradi. Virusning jigar xujayralariga ko‘pincha kirib joylashib olishi, surunkali gepatitga olib keladi. O‘tkir virusli V gepatitida NVs ga qarshi oqsil bo‘lgan antitelolar juda kam topiladi.
Davosi va profilaktikasi. Maxsus davosi yo‘q, asosan simptomatik davolanadi: 5% - li glyukoza, 0,9%li fiziologik eritma va boshqa suyuqliklar tomirga yuboriladi,
parhez qilinadi. Hozirgi vaqtda a- interferon, lamuvidin kabi preparatlarning keng ishlatilishi o‘rganilmoqda. Gepatit V ning passiv va aktiv immunoprofilaktikasi ishlab chiqilgan: kasallar bilan kontaktda bo‘lganlarga va HBSAg tashuvchilarga maxsus immunoglobulin (NVJg) yuboriladi. Aktiv immunizatsiyasi uchun geninjeneriya usulida saxaramitset achitqi zamburug‘larida tayyorlangan rekombinant vaksina (Recombivax B, Engerix B) bola tug‘ilganidan 24 soat ichida yuboriladi. Gepatit Aning umumiy profilaktikasi boshqa ichak infeksiyalari profilaktikasiga o‘xshashdir.
Gepatit V esa meditsina asbob-uskunalarning sterilligiga, donor qonida virus antigenlarini yo‘qligiga e’tibor beriladi.
Gepatit A virusi qo‘zg‘atadigan kasallikni laboratoriya tashxisi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə